Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 2020 yil boshidan buyon migrantlar soni qanchaga kamaygani aytildi
Ma'lumot berilishicha, bugungi kunda Rossiya hududida 7 million nafarga yaqin xorij fuqarolari bor.
Rossiyada migrantlar soni 2020 yil boshidagiga nisbatan bir necha million kishiga kamaydi. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma'lum qildi.
«Agar 2019 yildagi raqamlarni oladigan bo‘lsak, Rossiya hududiga 17-18 million atrofida migrant kelgan. Bir vaqtning o‘zida 10-11 million nafar migrant bo‘lgan», – dedi u.
Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya hududida 7 million nafarga yaqin xorij fuqarolari bor.
Avvalroq Rossiya O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini soddalashtirilgan tartibda ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026