1 oktyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
«O‘zgidromet» 1 oktyabr kuni O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:26 / 13.10.2024
14 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
16:53 / 12.10.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
15:10 / 12.10.2024
13 oktyabr kuni kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
16:07 / 11.10.2024