Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oktyabr oyi haroratning pasayishi bilan boshlanadi - «O‘zgidromet»
Bayram va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massalari ta'sir etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1-2 oktyabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabr kuni beqarorlik faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlarda joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
2-3 oktyabr kunlari tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Mavzuga oid
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:06 / 15.06.2026
Hafta davomida harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:05 / 13.06.2026