Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda yuzdan ortiq korxona faoliyatini to‘xtatdi
Ekspertlarning fikricha, agarda korxonalar duch kelgan muammolar zudlik bilan hal qilinmasa, iqtisodiy inqiroz kelib chiqishi mumkin.
Afg‘onistonning Hirot viloyatida oxirgi ikki oy ichida 100dan ortiq korxona faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.
Ma'lum qilinishicha, korxonalarning to‘xtashiga xomashyo yetishmovchiligi, sotuvning kamayishi va mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar sabab bo‘lgan.
Viloyat hokimligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida import mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlari oshirilgan.
Ekspertlarning fikricha, agarda korxonalar duch kelgan muammolar zudlik bilan hal qilinmasa, iqtisodiy inqiroz kelib chiqishi mumkin.
Avvalroq Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz yoqasida ekani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026