O‘zbekiston | 18:53 / 02.10.2021
6054
1 daqiqa o‘qiladi

«Bitta doktorant tayyorlash bir yilda davlatga 82 mln so‘mga tushadi» - Abduqodir Toshqulov

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press-klubning bugun, 2 oktabr kuni Oliy ta'limga bag‘ishlangan navbatdagi sonida doktaranturaga oshirilgan qo‘shimcha kvotalar borasida ma'lumot berdi.

«Kelgusi o‘quv yilidan doktoranturaga hujjat topshirayotganlar uchun xorijiy tilni bilish bo‘yicha yoki xorijiy yoki mahalliy sertifikat so‘raladi.

Men doktaranturada oshirilgan kvotalar borasida ham gapirishim kerak. Bilasiz, avval doktoranturaga bir yo‘nalishda 2-3 ta o‘rin berilardi. Bu yildan esa bu o‘rinlar soni barobariga oshdi. Masalan, 2017 yilda doktoranturaga jami 80 ta qabul bo‘lardi. 2021 yilda esa 153 ta doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Bitta doktarantni tayyorlash bir yilda davlatga 82 mln so‘mga tushadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, kvotalar 2 barobarga oshirildi. Bu esa yana davom etadi», – deya vazir Abduqodir Toshqulov so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid