O‘zbekiston | 11:02 / 04.10.2021
4636
2 daqiqa o‘qiladi

5 oktyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 28 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid