10:27 / 04.10.2021
17461

Milandagi aviahalokatda ruminiyalik milliarder va uning oilasi halok bo‘ldi

3 oktyabrda Milanda yuz bergan aviahalokatda 68 yoshli ruminiyalik tadbirkor va milliarder Dan Petresku halok bo‘ldi. E'tiborlisi, kichik o‘lchamli xususiy samolyotni Petreskuning o‘zi boshqargan. 

Pilatus PC-12 rusumidagi samolyotda hammasi bo‘lib 8 kishi, jumladan milliarderning rafiqasi va 30 yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Samolyot Milan chekkasidagi bo‘sh turgan ikki qavatli binoga kelib urilgan. Aviahalokat sabablari hozircha noma'lum. Falokat oqibatida bino va uning yonida qo‘yilgan bir nechta avtomobil alanga ichida qolgan. Yerda hech kimga zarar yetmagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Milan aeroportidan uchib, Sardiniya oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Ba'zi guvohlarning ta'kidlashicha, samolyot binoga urilishidan oldinoq yonayotgan bo‘lgan. 

Petresku Ruminiyaning eng badavlat odamlaridan biri hisoblangan.

Mavzuga oid
Top