Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand 2022 yildan boshlab sayyohlik haqi ola boshlaydi
Tailandning turizm va sport vazirligi 2022 yildan mamlakatga keluvchi sayyohlardan 500 bat (15 dollar) miqdorida sayyohlik yig‘imi ola boshlaydi.
Olingan pullar turizm transformatsiyasi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu jamg‘arma tashkil etilishini Tailanddagi iqtisodiy vaziyatni boshqarish markazi ma'qullagan. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga turizm sohasidagi loyihalar moliyalashtiriladi.
Yig‘im 2022 yildan joriy etiladi. Tailandning turizm boshqarmasi rahbari Yutasak Supasornning ta'kidlashicha, yig‘im hisobiga yiliga 5 mlrd bat daromad olish ko‘zlanmoqda. Bu esa mamlakat kelgusi yilda 10 mln sayyohni qabul qilishni rejalashtirayotganidan darak beradi.
Ayni vaqtda Tailandda mamlakat iqtisodiyotining serdaromad sohalaridan biri bo‘lgan turizm sohasi pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar sababli jiddiy yo‘qotishlarga uchramoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
09:40 / 03.07.2026
Pxuketda ikki o‘zbekistonlik ushlandi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026