Jahon | 22:13 / 05.10.2021
28736
3 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistondagi qashshoqlik, Suriyadagi qurg‘oqchilik, butun dunyoda iqlim o‘zgarishlari. Turli nuqtalardan fotosuratlar

Kun.uz dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Toliblar kelgunicha ham tog‘ qoyalaridagi g‘orlarda, qashshoqlikda yashab kelgan bomiyonliklarning ahvoli endilikda yanada og‘irlashdi.

Bomiyonda bir necha yuz oila g‘orlarda yashaydi
Bulent KILIC / AFP

«Biz kechki ovqatga hech narsa yemaymiz. Qish yaqin. Isinish uchun hech narsamiz yo‘q. Biz baxsizlikda yashayapmiz», deydi vodiydagi ayollardan biri.

Suriyalik fermer Abdulboqiy Sulaymon o‘tgan yilgi hosilini yong‘in tufayli yo‘qotganida bu yili yaxshiroq hosil olishga umid qilgandi. Ammo bahorda deyarli yomg‘ir yog‘madi.

Iqlim o‘zgarishlari tufayli butun dunyo bo‘ylab o‘rmon yong‘inlari va qurg‘oqchiliklar kuzatilmoqda. Suriya ham bu yil yog‘ingarchilik juda kam bo‘lishidan aziyat chekdi, ayniqsa Hasakiya viloyatida qishloq xo‘jaligi jiddiy jabrlandi.

AQShning Kaliforniya shtatidagi Hantington-Bich sohillarida katta miqdordagi neft Tinch okeaniga to‘kildi. Neft quvuridan, taxminan, uch ming barrel (taxminan, 477 ming litr) neft okeanga chiqib ketgan.

Sohilda suvga yanada ko‘p neft oqib ketmasligi uchun to‘siqlar o‘rnatilgan.

Foto: Mario Tama/Getty Images

Hantington-bich shahridagi plyajni tozalashga jalb etilgan ishchilar shtorm kelayotgani tufayli ish joyini tark etmoqda. 

Foto: Mario Tama/Getty Images

Nigeriya palma yog‘i ishlab chiqarish sektorini jonlantirmoqchi. 

Bangladeshdagi Keraniganj shahri portida ishchi kemada ta'mirlash ishlarini olib bormoqda. 

Rossiyaning «Soyuz MS-19» fazoviy kemasi tarixda birinchi marta kinoijodkorlardan tashkil topgan ekipaj bilan Xalqaro koinot stansiyasiga yo‘l oldi. Kemada stansiyaga «Vyzov» filmi suratga olish guruhi a'zolari: aktrisa Yuliya Peresild va rejissyor Klim Shipenko uchgan. 

Foto: Sergey Savostyanov/TASS

Mexiko shahrida minglab meksikaliklar abortga qarshi namoyishga chiqdi. 

Indoneziyada milliy qurolli kuchlar tuzilganining 76 yilligi keng nishonlandi. 

Foto: AP/TASS

Tailandda «Dianmu» bo‘roni tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. 

Foto: AP/TASS

Ishchilar Londonda kuchli yomg‘irlar oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Foto: Zuma/TASS

Sochida kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan sel vaqtidagi o‘pirilish uylarni vayron qildi.

Foto: Dmitriy Feoktistov/TASS

Iqlim o‘zgarishlari Floridadagi Evergleyds bog‘iga tahdid solmoqda. 

Venesuela Kolumbiya bilan quruqlik chegarasini ochdi. 

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Toshkentga tashrifini yoritish uchun Ashxoboddan kelgan turkman jurnalistlari.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid