1896 yil 1 iyun, Buxoro. Boylikda Buxoro amiri bilan tenglaşa oladigan savdogar Ubaydulla Xöja oilasida öğil farzand dunyoga keldi. Bu çaqaloq keyinçalik Buxoroda demokratik davlat qurişga uringan, Özbekistonning rivoji uçun borini bergan, millatning közi töq, halol farzandi Fayzulla Xöjayev edi.

Tarixning ma’lum davrida Xöjayev faoliyatini qoralaganlar ham böldi. Uşbu maqolada hozir hayot bölgan qarindoşlari, tarixçilar va tarixiy manbalar asosida siyosatçining hayot yöliga nazar taşlaşga qaror qildik.

Tillolarni emas, vijdonini tanlagan öğil

Fayzullaning otasi XIX asrda qorakölçilik böyiça köplab yurtlarda nom çiqargan savdogarlardan bölgan. U Fayzullani öz merosxöri sifatida tanlab, 12 yoşida Moskvaga olib boradi. Fayzulla Xöjayev Moskvada 1907–1912 yillarda xususiy öqituvçilar qölida ta’lim oladi. Va şu yerda savdo va zamonaviy ilmlarni örganib, Buxoroga qaytib keladi.

Foto: pastvu.com

Rossiyada ta’lim olib, dunyoqaraşi kengaygan Fayzulla ota yölini tanlamadi.

Fayzulla Xöjayevning jiyani, Buxoro davlat universiteti tarix fanlari doktori Sulaymon Inoyatovning hikoya qilişiça, Fayzulla Xöjayev öşa paytdagi Buxoroning ahvolini, Vatanining taraqqiyotda orqada qolayotganini sezadi va Buxoroning ahvolini tuzumni özgartiriş bilan yaxşilaş mumkin degan fikrga keladi. Va çet elda öqib kelgan amakilari Usmonxöja, Atoullaxöjalarga qöşilib, jadidlar izidan ketdi.

Jadidlar farzandlarimizni öqitib, ma’rifatga erişamiz va ma’rifat bilan jamiyatni özgartiramiz degan ğoya bilan “Yoş buxoroliklar” partiyasini oçib, Buxoro amiriga qarşi kuraş boşlagan edilar.

Ozçilikni taşkil qilgan “Yoş buxoroliklar” amirga qarşi kuraşa olmas edilar. Şuning uçun ular 1918 yilda Turkiston Xalq Komissarlar Soveti raisi Kolesovdan yordam söraydi. Jadid tarafdorlarining kamligi, qizil armiyaning yaxşi qurollanmay uruşga kirgani sabab amir kuçlari ustunlik qiladi. Şundan keyin Xöjayev oila a’zolari bilan Toşkentga jönaydi. Biroq bu – uruş tugaganini anglatmasdi.

Xöjayev 1918–1920 yillarda bolşeviklarning “Iskra” gazetasi tahririyatiga kiradi va 1920 yilda Toşkentga qaytib, “Uçqun” gazetasini çiqaradi. Uni 5000 nusxada yaşirin çiqarib, Buxoro aholisiga tarqatadi. Bu yölda unga Abdurauf Fitrat, Munzim, Said Ahroriylar yordam beradilar.