Hibsga olinganlarning yaqinlari, hatto qöşnilari ham tergov qilingan – özbekistonliklarni qaqşatgan “Paxta işi”
|17:44 / 23.05.202614 83619 min
1983 yil aprelda Buxoro viloyati IIB OBXSS boşliği A.Muzaffarov va şahar sanoat mollari savdo bölimi direktori Ş.Qudratov hibsga olinadi. Ularning har ikkalasi pora olişda ayblanadi. Köp ötmay bu jinoyat işi böyiça tergovga Moskva tomonidan SSSR boş prokurorining öta muhim işlar böyiça katta tergovçilari bölgan Telman Gdlyan hamda Nikolay Ivanov jalb qilinadi va ular Özbekistonga yuboriladi. Şu tariqa özbekistonliklarni 5 yil qaqşatgan “Paxta işi” qatağoni boşlanadi.
Şoir Muhammad Yusuf yuqoridagi misralarni bekorga yozmagan. Yoşi kattalar yaxşi bilişadi, 1970-1980-yillarda Özbekistonda paxta ekilmagan faqat özbekning tomi qoldi xolos. Boşqa hamma joyda “oq oltin” yetiştirildi.
Öşa paytlarda nafaqat paxtakorlar, haşarçilar, talabalar, hatto maktablarning 5-sinfdan yuqori öquvçilari ham paxta dalasiga haydaldi va ular dekabr oyida ham dalada yurişdi.
Sovet rahbari Leonid Brejnev hali Özbekiston 4 mln tonna paxta yetiştirib yurgan kezlarda Şarof Raşidovga avvaliga hosilni 5 mln tonnaga, keyin esa 6 mln tonnaga yetkaziş talabini qöyadi.
Bu talabning oqibati nima böldi? Özbekning boğlari qöporib taşlandi, poliz mahsulotlari maydoni kamaytirildi, hatto tomorqalarga paxta ektirildi. Baribir 6 millionlik reja bajarilmadi.
Şundan söng Moskvada ötirgan korçalonlar özbekistonliklarga rejani bajariş yölini örgatişdi: “sen pulni olib kel, rejang bajariladi”. Oqibatda reja qoğozda bajarildi.
Bu orada 1982 yil kuzida Leonid Brejnev vafot etadi. Uning örniga köz tikkan KGB boşliği Yuriy Andropov Brejnevning jasadi qabrga qöyilmasdan “taxtga” ötiradi.
Şundan söng Raşidovning boşida qora bulutlar aylana boşlaydi. Çunki Andropov Raşidovni azaldan yoqtirmas va öç oliş uçun payt poylab yurgandi. Biroq Brejnev tirikligida u Raşidovga inday olmasdi.
Mavzuga oid
Andropov Brejnevning ölimidan söng arqonni biroz uzun taşlaydi va bir muddat Raşidovga tegmaydi. Söng xuruj boşlanadi. Oqibatda 1983 yil kuzida Raşidov Qoraqalpoğistonda yurganida vafot etadi.
Şundan söng Andropov Özbekistonga Gdlyan va Ivanov boşçiligidagi “desant”ni taşlaydi. Bu “desant” 5 yil davomida Özbekistonda mislsiz qatağon uyuştiradi. Quyida paxta va paxta işi tarixi haqida söz yuritamiz.
“Paxta işi” boşlanişidan avvalgi vaziyat
Ikkinçi jahon uruşidan söng sovetlar Ukraina va Rossiya janubida paxta yetiştirişga urinib körişadi, biroq bu samara bermaydi. Şundan söng SSSR rahbariyati Örta Osiyoda paxta yetiştirişni köpaytirişga qaror qiladi.
Mintaqadagi çöllar özlaştiriladi. Kanallar qaziladi, suv omborlari quriladi. Söng juda katta hududlarga paxta ekiş boşlanadi.
1960-yillardan boşlab Moskva Özbekistonda paxta yetiştiriş rejasini yildan yil oşirib boradi. Avvaliga bir mln, söngra ikki mln tonna...
1970-yillar oxiriga kelib Özbekiston paxta hosilini 5 million tonnaga çiqaradi. Ammo bu ham Moskvani qoniqtirmaydi va hosilni 6 million tonnaga yetkaziş rejasini qöyadi.
Yoşi kattalar yaxşi biladi, öşa paytlarda har bir qariç yerga paxta ekiladi. Ta’bir joiz bölsa, paxta ekilmagan joy faqat uylarning loy suvoq tomi qoladi.
Aslida Özbekistondagi işçi kuçi, dala maydonlari hajmi, yer-suv imkoniyatlari 6 million tonna paxta yetiştirişga imkon bermas edi. Ammo Moskvadagi korçalonlar talab qilib turaverganidan keyin rejani bajarmaslikning iloji bölmaydi.
Biroq şunda Moskvaning özi qanday qilib paxta hosilini 6 mln tonnaga yetkazişning yölini “örgatadi”. Hosilining yetmagan qismiga Moskvaga pul bora boşlaydi.
Öşa paytda qöşib yoziş nafaqat paxta yetiştirişda, balki mamlakatning barça sohalarida urçib ketadi. Masalan, Qozoğistonda göşt va sut-qatiq, Ukrainada lavlagi, Boltiqböyi respublikalarida baliq yetiştirişda ham qöşib yoziş avj oladi.
“Paxta işi”ning boşlanişi
Özbeklar boşiga mislsiz balolar yoğdirgan “Paxta işi” tarixi 1983 yil bahoriga borib taqaladi. Öşa yili aprelda KGBning Buxoro viloyati boşqarmasi Buxoro şahar sanoat mollari savdosi bölimi direktori Ş.Qudratov va viloyat IIB OBXSS (sotsialistik mulkni talon-toroj qiluvçilarga qarşi kuraş bölinmasi) boşliği A.Muzaffarovni hibsga oladi. Ularning har ikkalasi pora olişda ayblanadi.
Köp ötmay Buxorodagi bu jinoyat işi böyiça tergovga Moskva tomonidan SSSR boş prokurorining öta muhim işlar böyiça katta tergovçilari bölgan Telman Gdlyan hamda Nikolay Ivanov jalb qilinadi va ular Özbekistonga yuboriladi.
Gdlyan va Ivanov öz tergov guruhi bilan Özbekistonga yetib kelgaç, birin-ketin Buxoro viloyati IIB boşliği general Norov, uning ikki örinbosari – polkovnik Ş.Rahimov, podpolkovnik V.Mulin generallar X.Norbötayev, S.Sobirov, polkovniklar T.Hayitov, I.Pozilxonov, M.Alimov va yana Içki işlar vazirligining bir qator rahbar xodimlarini soxta ayblovlar bilan hibsga oladi.
Söng bunday hibsga olişlar Özbekistonning boşqa hududlarida davom ettiriladi. Guruhning maqsadi Şarof Raşidovni ham qamoqqa tiqiş bölgan. Biroq ular bunga ulgurmaydi va Özbekiston rahbari 1983 yil 31 oktyabrda vafot etadi. Özbekistonga Inomjon Usmonxöjayev rahbar böladi.
1984 yil iyunda Özbekiston markaziy qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötadi. Unda KPSS markaziy qömitasi kotibi Yegor Ligaçev boşçiligida Moskvadan kelgan xodimlar ham iştirok etadi.
Yiğilişda Moskvadan kelganlar ham, özimizning xodimlar ham oldindan tayyorlab qöyilgan, göyoki Özbekiston poraxörlik botqoğiga botgani haqidagi gaplarni öqib berişadi.
Yiğiliş oxirida Ligaçevning “örgatganlari” bilan iş körgan Usmonxöjayev avvaliga Raşidovni rosa yomonlaydi. Keyin Moskvadan kadrlar böyiça yordam söraydi. Ana şu plenumdan keyin “Paxta işi” qatağonlari boşlanadi.
Eng avval Özbekistondagi aksariyat amaldorlar, hatto prokuratura, içki işlar, KGB va boşqa taşkilotlarning rahbar xodimlari yoppasiga işdan böşatiladi va ularning örniga Moskva tomonidan yuborilgan şaxslar rahbarlikka tayinlanadi.
Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, Oliy sud raisining birinçi örinbosari, Oliy sud raisi vazifasini bajaruvçi, “Paxta işi”ni qayta körib çiqiş böyiça hukumat komissiyasi raisining örinbosari sifatida işlagan Abdusamat Polvonzoda öşa kunlarni şunday eslaydi:
“... Özbekistonda minglab mahalliy kadrlar işdan böşatildi. Şarof Raşidovdek uluğ insonning yuziga qora çaplandi. Nömon Börixöjayev, Vitaliy Zotov, Ubaydulla Şodiyev kabi Özbekiston prokuraturasining yetuk salohiyatli rahbar kadrlari işdan nohaq böşatildi yoki lavozimi pasaytirildi.
.... Yana köplab milliy kadrlarimiz töqib çiqarilgan ayblar bilan uzoq muddatlarga qamoqqa taşlandi. Şundan söng respublikamizdagi turli rahbarlik lavozimlariga markazdan kadrlar kela boşladi. Masalan, Markazqöm ikkinçi kotibi etib Anişçev, Ministrlar Soveti raisi örinbosari etib Ogarok, Oliy Sovet raisining örinbosari lavozimiga Romanovskiy tayinlandi, Toşkent şahar partiya qömitasining birinçi kotibi etib Satin saylandi. Respublika prokurori Buturlin, uning örinbosarligiga Gaydanov, tergov bölimi boşliqligiga Laptev, içki işlar vaziriga birinçi örinbosar bölib Didorenko keldi. Barça viloyatlarda obkomning ikkinçi kotibi, viloyat prokurorlarining köpçiligi, viloyat sudi raislari örinbosarlarining barçasi markazdan kelganlardan qöyildi. Bir söz bilan aytganda, ular hukmronlikni töla qölga olib, yurtimizda “Paxta işi”, “Özbek işi” degan töqima işlar böyiça qatağonni avj oldirdi”.
Öşanda Gdlyan hamda Ivanov amali kattaroq bölgan va Toşkentdagi tergovda “sinmagan” şaxslarni Moskvadagi qamoqxonalarga jönatadi. Ular öşa yerda mislsiz qiynoqlarga solinadi.
Gdlyan va Ivanov guruhi huquqni himoya qiliş organlarini “tozalagaç”, rahbar şaxslarni hibsga olişga ötadi.
Jumladan, Özbekiston SSR ministrlar soveti raisi Normuhammad Xudoyberdiyev, uning örinbosari Bektoş Rahimov, Markazqöm kotibi, söng Özbekiston SSR oliy soveti prezidiumi raisi bölgan Oqil Salimov, sobiq soğliqni saqlaş vaziri Abdulla Xudoyberganov, Navoiy viloyati partiya qömitasi birinçi kotibi Valeriy Yesin, Özbekiston SSR Paxta sanoat vaziri Vahobjon Usmonov, Buxoro viloyati partiya qömitasi birinçi kotibi I.Jabborov, Markazqöm ikkinçi kotibi Timofey Osetrov, Markazqöm kotibi Erejyeb Aytmurotov, Markazqöm işlar boşqarmasi boşliği Tursun Umarov, Qoraqalpoğistonning birinçi kotibi Qallibek Kamolov, Toşkent viloyati obkomining birinçi kotibi Mirzamahmud Musaxonov, Samarqand viloyati obkomining birinçi kotibi Nazir Rajabov, içki işlar vazirining örinbosarlari Qahramon Toştemirov, Petr Begelman, Yoqub Muhammadjonov va boşqalar hibsga olinadi.
Vaziyat şu darajaga keladiki, 1989 yilda Gdlyan va Ivanov hatto Inomjon Usmonxöjayevni ham hibsga oladi.
Keksa yoşdagilarning aytişiça, Gdlyan va Ivanov boşçiligidagi guruh paxtaga aloqador şaxslarni tergov qilişda turli jirkanç usullardan foydalangan.
Jumladan, ular qamoqqa olingan şaxsning yaqinlariga “falon söm topib kelsang, odamingni qöyib yuboraman”, deyişadi. Şunda qamalgan şaxslarning yaqinlari qarindoş-uruğ, mahalla-köydan imkoni boriça qarz kötarib, yetmaganiga töylarida sep qilib berilgan tilla taqinçoqlarigaça yiğib tergovçiga olib borişadi.
Tergovçilar pul hamda tilla buyumlarni olib qolişadi va hibsdagi şaxsni ozod qilişmaydi. Aksinça, öşa pullar va tilla buyumlarni ularning öziga qarşi dalil sifatida işlatişadi.
Ana şunday tarzda yiğilgan pullarning asosiy qismini Gdlyan va Ivanov vijdonsizlarça özlaştirib yuboradi. Qolgan qismini esa “Mana, özbeklar poraga olgan pullar va tillalar”, deb Moskva televideniyesi orqali butun SSSRga körsatadi.
“Gdlyan bilan Ivanov markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida Özbekistonda göyo jinoyatçi tödalarni foş qilganlari haqida milliy şa’nimizni tahqirlovçi “Özbeklarning hammasi poraxör”, “Özbekiston biz uçun Şarqiy front”, “Özbekiston Örta Osiyo Çernobili” degan sözlar bilan juda katta şov-şuv kötara boşladi. Uşbu tergov guruhi hibsga olingan ayblanuvçilarga nisbatan qonunni ğarazli niyatlar bilan olti yil mobaynida beşafqat, surbetlarça oyoqosti qildi. Ular qurollangan askarlar bilan harbiy vertolyotlarda olis qişloqlargaça borib, odamlarning bor-budini talab, zöravonlik qilişgan. Qiynoqqa solinganlarning köpçiligi qarindoş-uruğlaridan, tanişlaridan qarz olib, pulni tergovçilarga keltirib berişga majbur bölişgan. Tergovçilar esa qança köp pul olib kelsangiz, qarindoşingizni şunça tez qamoqdan çiqarib yuboramiz, deb aldagan”.
Şuningdek, tergovçilar hibsga olingan şaxslarga ularning qarindoşlarini jazolaş orqali ham azob berişga urinadi. Jumladan, Bektoş Rahimovga şunday qilinadi. Uning organda işlaydigan öğlini işdan oliş bilan qörqitişadi.
Paxta işi asoratlari
Ma’lumotlarga köra, 1984-1990-yillar oraliğida bölib ötgan “Paxta işi” böyiça qatağonlarda minglab tergovçilar qatnaşgan. Ularga özbekistonlik hamkasblari yordamlaşgan. Oqibatda Özbekistondan 40 ming kişi tergovga tortilgan. Ularning aksariyati tergov hibsxonalarida heç qanday prokuror sanksiyasi yoki hibsga oliş haqidagi sud qarorisiz saqlangan. Tergov qilinganlardan 5 mingdan oşiq odam javobgarlikka tortiladi va qamaladi.
Öşa paytda ayrimlar Gdlyan va Ivanov hamda ularning guruhi tomonidan qöllangan qiynoqlarga çiday olmay, joniga qasd qilgan. Ayrimlar qamoqxonalardagi oğir şaroitlarga çiday olmay vafot etgan.
Olti yil mobaynida markaziy gazeta va jurnallar, telekanallar tinimsiz ravişda özbeklarni yomonlab, ularni poraxörlikda ayblab, butun dunyoga yomonotliq qiliş bilan şuğullanadi. Bunday işlarni mahalliy rahbarlar qöllab turadi. Zero, ularning boşqa çorasi ham yöq edi.
Şu örinda bir savol tuğiladi: Özbekistonda qöşib yoziş bölganmi? Ayrim faktlar Brejnev paxta hosilini 6 mln tonnagaça oşiriş haqida talab qöygaç, qöşib yoziş holatlari bölganini tasdiqlaydi. Çunki reallikda öşa paytda Özbekistonda 6 mln tonna paxta yetiştirişning iloji yöq edi.
Xöş, unda “Paxta işi” kampaniyasining nimasi nohaq bölgan? Gap şundaki, 1970-yillar oxiri, 1980-yillar boşlarida qöşib yoziş SSSRning barça respublikalarida aksariyat sohada avj olgan edi.
Masalan, ukrainlar lavlagi hosiliga qöşib yozgan, qozoq qardoşlar göşt va sut mahsulotlari yetiştirişda şu işni qilgan. Sibirda yoğoç mahsulotlari tayyorlovçilar rejani bajara olmay qöşib yozgan va hokazo.
Bunga barça sohalarda bajarişning imkoni bölmaydigan miqdorda reja belgilanişi sabab bölgan. Ana şunday vaziyatda Moskvadagi korçalonlar “tozalaşni” va qamaşni Markazdan boşlamay yoki SSSRning barça hududlarida birday olib bormay, birgina Özbekistonga yopişib nohaqlik qiladi.
“Bu örinda şuni aytiş kerakki, qöşib yoziş faqat Özbekistonda emas, barça sovet respublikalarida bölgan. Markaz Özbekistonga “desant” taşlaganda ittifoq miqyosida tarqalgan bu illatdan göyo bexabarday qilib körsatişga harakat qildi. SSSR prokuraturasi hay’at majlislaridan birida Gdlyanning bevosita rahbari Karakozov paxtaçilikdagi qöşib yoziş Özbekistonga nisbatan boşqa respublikalarda ança köproq bölgan, deb e’tirof ham etgan. Demak, aslida aynan Moskvaning buyruğiga asosan sotsialistik davlatning “katta yutuqlari”ni namoyiş etiş uçun qöşib yozişlar vujudga kelgan edi. Davlatning özi odamlarni qöşib yozişga majburlab, söng şu davlatning özi ularni qatağon qildi. Dunyo tarixida – xalqqa nisbatan bunday, lönda qilib aytganda, ötaketgan ğirromlik juda kam uçraydi”.
Ana şunday vaziyatda juda katta vakolatlarga ega bölgan Gdlyan va Ivanov hammani bir boşdan qatağon qiladi. Ayniqsa, hibsga olinganlarning yaqin qarindoşlarini, farzandlarini, rafiqalarini ham olib ketişadi va oylab tergov izolyatorlarida saqlaşadi.
Masalan, Inomjon Usmonxöjayev hibsga olingandan söng uning yaqinlaridan 30-40 kişi hibsxonalarga tiqilgan va ular bir neça oylab tergov izolyatorida saqlangan.
Toşkent viloyati partiya qömitasi birinçi kotibi M. Musaxonov işi böyiça uning farzandlari – ToşDU kafedra mudiri Mirzayusuf Musaxonov, qizlari Sojida va Nafisa Musaxonova hibsga olingan.
Beruniy tumani partiya qömitasi kotibi O.Rajabov işi böyiça uning 54 nafar qarindoşi, tanişlari hatto qöşnilari hibsga olinib, tergov qilingan.
Paxta işi asoratlarini bartaraf etiş
“Paxta işi” qatağonlari davom etar ekan, 1980-yillarning ikkinçi yarmida Moskvadagi turli taşkilotlarga Özbekistondan yuborilgan şikoyatlar oqib bora boşlaydi. Ularda asosan sudlar çiqargan hukmlardan noroziliklar bayon qilingandi.
Şuningdek, özbekistonlik adiblar, deputatlar Moskvadagi minbarlardan turib Gdlyan va Ivanov tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni gapirişadi. Oxir-oqibat Moskvadagi taşkilotlar şikoyatlarga e’tibor qaratişadi.
Köp ötmay Gdlyan va Ivanov boşçiligidagi guruh Moskvaga çaqirib olinadi. 1989 yil may oyida SSSR prokuraturasi ularga qarşi jinoyat işi qözğatadi. 1990 yil aprelda ular egallab turgan lavozimidan böşatiladi. Öşa yili Gdlyan va Ivanov Armanistonga qoçib ketadi.
Ular Armanistondan SSSR xalq deputatlari kengaşi deputati bölib saylanadi. Öşanda armanlar Gdlyan hamda Ivanovni himoya qilib çiqişadi va ularni SSSR prokuraturasiga topşirmaydi.
Keyinroq paxta işi böyiça qamalganlarning işlarini qayta körib çiqiş uçun komissiya taşkil etiladi. Abdusamat Polvonzodaning eslaşiça, “Paxta işi”ni qayta köriş böyiça tuzilgan komissiyaning sa’y-harakatlari bilan Rossiyada saqlangan mahbuslar Özbekistonga qaytariladi. 1991 yilda “Paxta işi” böyiça qamalgan şaxslarni ozod qiliş boşlanadi.
Öşanda Gdlyan va Ivanovga qarşi nafaqat SSSR boş prokuraturasi, balki Özbekistonda ham jinoyat işi qözğatiladi. Biroq SSSR boş prokurori N.Trubin 1991 yil avgustda ularga nisbatan qözğatilgan jinoyat işlarini ularning harakatida jinoyat alomatlari yöq deb töxtatadi. Şundan söng Özbekistonda qözğatilgan jinoyat işi ham avtomatik tarzda bekor böladi.
Komissiya tezkorlik bilan işlaydi va 1991 yil yozgaça nohaq qamalgan şaxslarning 3,5 ming nafari qamoqdan ozod qilinadi.
Maqolani şoir Muhammad Yusufning şe’ri bilan boşlagan edik, uning şe’ri bilan tugatamiz. Bu şoir öz davrida “Paxta işi” qatağonlari haqida kuyinib bir qança şe’rlar yozgandi. Jumladan, u 1990 yilda “Gdlyan” nomli şe’rini yozib, unda Gdlyanni Beriyaga tenglaştiradi.
Şoir şunday yozadi: Alpomiş Çambilda,
Göröğli görda,
Xaqiqat beşikda uxlardi qotib.
Bir jom oltin sörab,
Qiliç öynatib,
Kirib keldi qaşşoq özbek yeriga –
Telman Xoreonoviç ... Beriya!..
... Uying kuydi özbek,
Şöring quridi.
Poygaging quridi,
Töring quridi.
Dehqoning,
Çöponing –
Paxta çoponing,
Ortingdagi hamma zöring quridi.
Elim deb kim kuysa –
Bari qamaldi.
Kimki yerin suysa –
Bari qamaldi.
Jallodning ğaznasi tölgunça zarga,
Sening böz köylaging ming bor yamaldi.
Alpomiş ertakda,
Göröğli görda,
Tömaris beşikda uxlardi qotib.
Bir qop oltin sörab qiliç öynatib
Kirib keldi mömin özbek yeriga –
Telman Xoreonoviç ... Beriya.
Şoir boşqa bir şe’rida bolalarning paxta terimiga çiqarilganini şunday ifodalaydi:
Sovuq deysizmi?
Ha, qahraton!
Qölçalar qöynida qotgan non,
Ammo nima qilsin, paxta – şon,
Birinçi sinf bolalari.
Xulosa şundayki, “Paxta işi” – bu manfur sovet tuzumining özbek xalqiga nisbatan amalga oşirgan qatağoni edi.