Bolalarning huquqlarini himoya qiliş, ularning soğlom muhitda kamol topişi uçun şaroit yaratib beriş jamiyat va davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Xususan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari töğrisida”gi Konvensiyaning 3-moddasiga köra, iştirokçi davlatlar (şu jumladan Özbekiston) ota-ona, vasiy yoki qonun böyiça bolaga mas'ul bölgan boşqa şaxslarning huquq va majburiyatlarini e'tiborga olgan holda bolani uning soğlom unib-ösişi uçun zarur bölgan himoya va ğamxörlik bilan ta'minlaş va uşbu maqsadda tegişli qonuniy va ma'muriy çoralarni köriş majburiyatini oladi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent metrosining “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan qizga nisbatan noma'lum erkak tomonidan behayo harakatlar qilingani holati jiddiy muhokamaga sabab bölgan edi. Aniqlanişiça, behayo harakat qilgan şaxs bir neça jinoyatlarni sodir etgani uçun oldin sudlangan ekan.
Ta'kidlaş lozimki, uşbu toifadagi şaxslarning oşkora jinoiy xatti-harakatlari aholining dunyoqaraşiga salbiy ta'sir körsatib, yoşlarning, ayniqsa voya yetmaganlarning axloqiy buzilişiga sabab bölişi mumkin.
Buning oldini olişda mazkur toifadagi şaxslar xatti-harakatlaridan huquqni muhofaza qiluvçi organlarning boxabar bölib borişi katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan Buyuk Britaniya, AQŞ va Yangi Zelandiyada bolalarni jinsiy zöravonlikka moyil şaxslardan himoya qilişning samarali çoralari işlab çiqilgan.
Jumladan, Yangi Zelandiyaning “Bolalarni himoya qiliş töğrisida”gi qonuni asosida Bolalarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyatlar sodir etgan şaxslarning reyestrini yuritiş tartibi joriy etildi. Uşbu reyestr 2016 yilning 14 oktyabrida taşkil etildi.
Mazkur reyestr bolalarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyat sodir etgan şaxslarning şaxsiy ma'lumotlari töğrisidagi yozuvlarni öz içiga oladi. Reyestr oldin jinoyat sodir etgan şaxslarni monitoring qiliş orqali ularning qayta jinoyat sodir etişining oldini oliş hamda bolalarning xavfsizligini ta'minlaşda jazoni ijro etiş muassasasi va politsiya xodimlariga yordam beruvçi vosita hisoblanadi.













