AOKAda ötkazilgan brifingda Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili axborot xizmati rahbari Dilnoza Yusupova yarim yillik faoliyat töğrisida ma’lumot berdi:
Joriy yilning 1-yarmida Bolalar ombudsmani nomiga 885 ta murojaat kelib tuşdi.
Öz navbatida, murojaatlarni körib çiqiş natijasida bolalarga nisbatan sodir etilgan zöravonlik holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat işi hamda 5 ta ma’muriy iş qözğatildi. Bolaga jismoniy jazo qöllaganligi hamda öz kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uçun 3 nafar pedagog xodimga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllandi.
665 ta murojaat Bola huquqlari böyiça vakil tomonidan nazoratga olingan bölib, 160 tasi tegişliligi böyiça yuborilgan, 60 ta murojaat takroriy bölganligi tufayli körilmasdan qoldirildi, nazoratga olingan 61 ta murojaat esa ijobiy hal qilindi.
Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili 21 marotaba şaxsiy qabul ötkazilib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi.
Bola huquqlari böyiça vakil tomonidan murojaatlarni körib çiqiş, bolaning manfaatlari buzilganligi holatlarini öz taşabbusiga köra tekşiriş bilan boğliq materiallarni umumlaştiriş asosida Vazirlar Mahkamasiga 5 ta, Içki işlar vazirligiga 4 ta sörov xatlari kiritildi.

















