Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarni issiqlik bilan ta'minlash uchun 31 mlrd so‘m ajratilgan
2021-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida Toshkent shahridagi 4ta tuman issiqlik quvurlari yangilangan. O‘tgan yilga qaraganda 7 barobar ko‘proq issiqlik quvurlari almashtirilgan.
Foto: Shutterstock
O‘tgan yil davomida ko‘p qavatli uylar issiqlik tizimidan uzilib qolishi natijasida aholi isitish pechlaridan foydalanganlik holatlari kuzatildi. Bu yilgi kuz-qish mavsumida bunday holatlar kuzatilmasligi uchun qanday ishlar qilingani borasida Kun.uz savoliga Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirhakim Qo‘ziyev javob berdi.
“Toshkent shahrida bu yil har yilgidan ko‘proq quvurlar yangilandi. Shu vaqtgacha har yili 20-15 ming km quvurlarni almashtirgan bo‘lsak, bu yil Toshkent shahrida 157 ming issiqlik quvurlarini almashtirdik. Qozonxonalarga kelsak, 5ta og‘ir ahvoldagi qozonxonalar ta'mirlandi, bittasi Mirobod, 4tasi Mirzo Ulug‘bek tumanida. Bundan tashqari, issiqlik tizimi bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘ kesimida Toshkent shahrida 31 mlrd so‘m mablag‘ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, qayta o‘rganish jarayonida aniqlangan issiq va sovuq suv, oqova suv tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yo‘naltirildi. 10 oktyabrgacha hamma kamchiliklarni tuzatishni reja qilganmiz”, – dedi boshqarma boshlig‘i.
Mavzuga oid
21:53 / 29.01.2026
Toshkentda chet ellikka nos chektirmoqchi bo‘lgan yigit jazolandi
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
15:48 / 24.01.2026
Toshkent metrosida poyezd tunnelda 13 daqiqa to‘xtab qoldi
09:51 / 24.01.2026