Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament qiyofadan aniqlash tizimidan ommaviy foydalanishni taqiqlashga chaqirdi
Ta'kidlanishicha, ommaviy kuzatish uchun AI texnologiyasidan ommaviy tarzda foydalanish nomuvofiq chora deb hisoblanadi. Bu shaxsiy hayot daxlsizligi kabi huquq va erkinliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi.
Yevropa parlamenti Yevroittifoqda jamoat joylarida qiyofadan aniqlash texnologiyasidan ommaviy foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Rezolyutsiyada aytilishicha, YeI aholisi faqat jinoyatda gumon qilingandagina sun'iy ong (AI) texnologiyasi orqali kuzatilishi mumkin.
Ommaviy kuzatish uchun AI texnologiyasidan ommaviy tarzda foydalanish nomuvofiq chora deb hisoblanadi. Bu shaxsiy hayot daxlsizligi kabi huquq va erkinliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi.
Shuningdek, rezolyutsiyada bildirilishicha, qiyofadan aniqlash tizimlari haligacha mukammal emas: AI shaxslarni aniqlashda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Yevroparlament deputatlari qiyofadan aniqlash bo‘yicha xususiy ma'lumotlar bazasidan foydalanishni taqiqlashga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
10:00 / 06.07.2026
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
08:15 / 02.07.2026
Sun’iy yo‘ldosh Yevropadagi rekord issiqni koinotdan tasvirga oldi
17:18 / 28.06.2026