Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yil O‘zbekiston raisligida ShHT doirasida 80 dan ziyod xalqaro ahamiyatga molik tadbir o‘tkaziladi
2022 yil Shanhay hamkorlik tashkilotida O‘zbekiston raisligida xalqaro ahamiyatga molik 80 dan ziyod tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus «Yo‘l xaritasi» va konsepsiya ishlab chiqilgan.
Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Hozirgi paytda biz ShHTda faxrli va o‘ta mas'uliyatli missiyaga kirishganmiz. Gap mas'uliyat hududi Arktikadan to Hind okeanigacha bo‘lgan Yevrosiyo hududining salkam 60 foizini, Xitoyning Lyanyunganidan to Rossiyaning Kaliningradigacha bo‘lgan, umumiy aholisi jahon nufusining salkam 44 foizini tashkil qiladigan keng makonni qamrab olgan tashkilotdagi raislik haqida bormoqda.
O‘zbekiston barqaror iqtisodiy rivojlanish, xorijiy sarmoyalar oqimini va milliy tovarlar hamda xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar huquqlari himoyasining huquqiy zamini va mexanizmlarini takomillashtirish kabi tashabbuslarni ilgari surmoqda.
ShHTning O‘zbekistondagi navbatdagi sammiti – davlat va xalq manfaatlarini ilgari surish, tashkilotimizning roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash bo‘yicha maqsadlarga erishish, uning salohiyatini yangicha va to‘laqonli hayotga tatbiq etish uchun yaxshi imkoniyatdir», – deydi Abdulaziz Komilov.
Ma'lumot uchun, joriy yil 17 sentabr kuni Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkilotining sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025