Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida 421 ming 884 kishi pensiya va nafaqa olishi ma'lum qilindi
Samarqand viloyatida 421 ming 884 kishi pensiya va nafaqa oladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ne'matov ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, bugun, 8 oktabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiyada bir qator masalalar bilan birga Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ne'matovning «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida»gi Qonunining ijrosi yuzasidan hisoboti tinglangan.
A.Ne'matov tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, bugungi kunda Samarqand viloyatida 421 ming 884 nafar kishi pensiya va nafaqa oladi. Ularga 1 oyda 370,9 milliard so‘m pul to‘lanadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yil 1 sentyabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilgandi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori ham 10 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 4 million nafardan oshiq odam pensiya va nafaqa oladi.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026