Dmitriy Muratov haqida
«Qotilliklar [xodimlarning] va tahdidlarga qaramay, «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov gazetaning mustaqil siyosatidan voz keçmadi. U doimiy ravişda jurnalistlarning huquqlarini himoya qilib keldi», degan Nobel qömitasi rahbari Berit Reiss-Andersen. U şu kunlarda naşrning jurnalistik faoliyati tufayli öldirilgan xodimi Anna Politkovskayaning ölimiga 15 yil tölganini ham eslagan.
2001 yilda Çeçenistonda «Novaya gazeta»ning ştatdan taşqari korrespondenti Viktor Popkov öldirilgan. 2003 yilda naşrning suriştiruvlar bölimi muharriri Yuriy Şçekoçixin vafot etgan. Tergov qömitasi uning ölimida jinoyat alomatlari topmagan, ammo hamkasblari u zaharlangan deb hisoblaşadi - ölimi arafasida u tahdidlar olgandi.
2009 yilda Çeçenistonda huquq faoli Natalya Estemirova öğirlab ketilgan va öldirilgandi - u «Novaya gazeta» bilan hamkorlik qilgan. 2009 yil yanvarida Moskvada «Novaya gazeta» jurnalisti Anastasiya Baburova va naşrning yuridik işlarini yuritgan advokat Stanislav Markelov otib ketilgan.
Qömita rahbari Dmitriy Muratov öz mamlakatida OAVga tez sur'atlar bilan ösib borayotgan bosimlar şaroitida işlaşiga töğri kelayotganini qayd etib ötgan.
«Igor Domnikov, Yuriy Şçekoçixin, Anna Politkovskaya, Stas Markelov, Anastasiya Baburova, Nataşa Estemirova - bugun Nobel mukofotini şu odamlar qölga kiritişdi», deydi Muratovning özi BBC bilan suhbatda.
«Men kulyapman. Umuman kutmagandim. Men aqlimni yöqotdim. Norvegiyadan qönğiroq bölayotganini kördim, ammo men bu yoqimsiz qönğiroq böladi deb öylagandim. Men sizga şuni ayta olaman: biz bu mukofotni hozirda qatağonga uçrayotgan rus jurnalistikasi uçun bağişlaymiz. Bori şu. Biz hozirda agentlar deb tan olingan, quvilayotgan va mamlakatdan çiqarib yuborilayotgan odamlarga yordam berişga harakat qilamiz», deya Muratovning sözlarini keltiradi «Pod'yem» naşri.
Dmitriy Muratov - «Novaya gazeta» asosçilaridan sanaladi. U 1995 yildan 2017 yilgaça uşbu naşr boş muharriri bölgan, keyin yana 2019 yildan şu lavozimni egallagan.
«Biz Dmitriy Muratovni tabriklaşimiz mumkin. U doim öz ideallariga tayanib işlaydi, u öz ideallariga sodiq. U iste'dodli, u jasur», deya izoh bergan bu yangilikka Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mariya Ressa haqida
«Rappler naşri hammuassisi va jurnalisti sifatida Mariya Ressa özini söz erkinligining qörqmas himoyaçisi sifatida namoyon etgan. Rappler Duterte rejimining giyohvandlikka qarşi kuraş kampaniyasi niqobi ostida olib borilgan qonli siyosatini tanqidiy tomondan yoritgan. Mariya Ressa öz vatani Filippindagi hokimiyatni suiiste'mol qiliş, zöravonlik va kuçayib borayotgan avtoritarizmni foş etiş uçun söz erkinligi huquqiga tayandi.












