Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berilishi haqida boshqa gapirishni istamasligini ma’lum qildi.
Washington Examiner nashri jurnalisti intervyuda Trampdan Eron bilan urush uning mukofot olish imkoniyatini oshiradi, deb hisoblaysizmi, deb so‘radi.
«Bilmadim. Bu meni qiziqtirmaydi», deb javob berdi AQSh prezidenti.
Tramp Yaqin Sharqda yangi urush boshlanganidan keyin xorijiy yetakchilar bilan suhbatlarida bu mavzu ko‘tarilganmi, degan savolga: «Yo‘q, Nobel mukofoti haqida gapirmayapman», deb javob berdi.
2025 yilda Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun faol kampaniya boshladi. Uni olmaganidan so‘ng, AQSh prezidenti endi «tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasligini» aytdi.
2025 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado oldi. Keyinroq u Trampga o‘zining Nobel medalini topshirdi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026