Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Balxda yuqori sinf o‘quvchi qizlari ham maktablarga qaytdi
Afg‘onistonning Balx viloyatida yuqori sinf qizlarining ham maktabga borishiga ruxsat berildi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, endilikda 6 va undan yuqori sinfda o‘qiydigan qizlar ham to‘siqlarsiz o‘qishadi.
Foto: TOLOnews
Hozirgi vaqtga qadar asosan Kobul va mamlakatning boshqa hududlaridagi qizlar faqat 1-dan 6-sinfgacha o‘qib kelayotgandi.
«Qaysidir ma'noda ishonchimiz mustahkamlandi, o‘quvchilar soni ham ortib bormoqda, endi esa o‘quv jarayoni yaxshilandi. Hozirda barchasi zo‘r, deb aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi, ammo biz mamlakatdagi vaziyatga nazar tashlasak, bu albatta, yaxshi va bizni qoniqtiradi», – deya maktab o‘quvchi qizlaridan birining so‘zlarini keltirmoqda Tolo news nashri.
Balx viloyati ta'lim bo‘limi statistikasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda 600 dan ortiq erkak va ayollar maktablari bor. Ta'lim dargohlarida 500 000 dan ortiq o‘quvchilar tahsil oladi, ularning yarmi qizlar. Shuningdek, Balx viloyati ta'lim boshqarmasi rasmiylari ham mahalliy aholini farzandlarini maktabga berishga chorlamoqda.
«Biz barcha oilalar farzandlarini porloq kelajak uchun maktabga berishlarini xohlaymiz, chunki farovon kelajak va sog‘lom jamiyat uchun bilimli avlod kerak», – deydi Mozori Sharif ta'lim bo‘limi boshlig‘i Muhammad Naim Balxi.
Avvalroq, «Tolibon»ning axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid Afg‘oniston islom amirligi mansabdorlari sinflarni qanday bo‘lish hamda maktablarda qizlar uchun o‘qituvchilarni qanday taqsimlash ustida ish olib borilayotganini hamda qizlar yaqin vaqt ichida maktablarga qaytishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026