Afğonistonda hokimiyatni egallagan "Tolibon" harakati qizlar yaqin vaqt içida maktablarda öqişni boşlaşini rejalaştirmoqda. Bu haqda harakat vakili, axborot va madaniyat vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.
"Afğoniston islom amirligi mansabdor şaxslari sinflarni qanday böliş hamda maktablarda qizlar uçun öqituvçilarni qanday taqsimlaş ustida iş olib bormoqda", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan Bakhtar agentligi.
Avvalroq Afğoniston Ta'lim vazirligi erkak öqituvçilar va öquvçilarni maktablarga qaytişga çaqirgandi.
Ta'lim vazirligining ta'kidlaşiça, 6–12-sinflarda öqiydigan barça öğil bolalar hamda erkak öqituvçilar 18 sentyabrdan maktablarga qaytişi şart.












