Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyalik muhandislar yurayotgan vaqtida uchadigan ikki oyoqli robot-dron yaratishdi
Kelajakda u zararlangan obektlarni ko‘zdan kechirishi va ta'mirlashi, shuningdek, tabiiy ofatlar vaqtida yordam berishi mumkin.
“Leonardo” Leoni dronlar yoki yerda yuradigan robotlar uddalay olmaydigan vazifalarni bajarishi uchun ishlab chiqishdi. Bu haqda Gizmodo maqolasida so‘z boradi.
Robotning vazni – 2,58 kg, bo‘yi – 75 sm. Uning parraklari va ingichka «oyoqlari» bor. Yerdan irg‘ish va uchish uchun ana shu oyoqlardan foydalanadi. Batareya va datchiklar robotning “tanasi”ga joylashtirilgan. Shuning uchun to‘liq avtonom va simsiz. Robot yaratuvchilari Astro Boy animesidagi o‘ylab topilgan uchuvchi gumanoid va Richard Brauningning “uchuvchi odam” kostyumidan ilhomlanishgan.
Sinovdan o‘tkazish vaqtida robot-dron murakkab to‘siqlardan o‘tgan va muvozanatni tekshirgan. Masalan, skeytbordda uchgan va arqon ustida yura olgan. Robotni ishlab chiqqan mutaxassislar unga murakkab vazifalarni bajarishni o‘rgatishmoqchi. Masalan, zararlangan obektlarni ko‘zdan kechirish yoki ularni ta'mirlash, yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga qurilmalarni o‘rnatish hamda tabiiy ofatlar va sanoat avariyalarida yordam ko‘rsatish kabilar shular jumlasidan.
Shuningdek, ular kelajakda mazkur robotdan mayda qurilmalarni boshqa sayyoralarga yetkazishda foydalanish mumkin, deb hisoblashyapti.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026