Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongo daryosida sol cho‘kishi oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi
Kongo daryosida tunda sol cho‘kishi oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Kongo demokratik respublikasining Mongala provinsiyasi gubernatori vakili Nestor Magbadoning ma'lum qilishicha, bedarak yo‘qolganlar soni taxminiy bo‘lib, u solning o‘lchamidan kelib chiqib baholangan. Sol 9ta an'anaviy yog‘och kanoedan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biri bilan bog‘langan bo‘lgan.
Magbadoning ta'kidlashicha, 39 kishi omon qolgan. Uning aytishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, biroq tirik qolganlarni topishga umid tobora so‘nib bormoqda.
Falokatga sol haddan ortiq yuklangani va yomon ob-havo sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Provinsiya ma'muriyati fojia munosabati bilan 11 oktyabrdan 3 kunlik motam e'lon qildi.
Mavzuga oid
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:18 / 24.06.2026
«Otamdan qolgan kalkulyator qani?!» Buyog‘i endi matematika...
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
22:04 / 31.05.2026