Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington o‘z vakili Moskvaga bora olishi uchun bir necha rossiyalikka qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qildi
Vashington AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nulandning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik doirasida bir necha rossiyalikni AQShning sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
Zaxarova Nuland Rossiyaning sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lganini, bu esa uning Rossiya chegarasini kesib o‘ta olmasligini anglatganini eslatib o‘tgan. Ikki yil avval Nuland Moskvadagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Rossiya vizasini olishga uringanda unga rad javobi berilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh Nulandning Moskvaga kelishiga ruxsat berilishi evaziga o‘z sanksiyalar ro‘yxatidan Rossiya tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish departamenti direktori o‘rinbosari Konstantin Voronsovni “qora ro‘yxat”dan chiqargan.
Zaxarova ikki tomon o‘z sanksiyalar ro‘yxatidan teng sonda odamni chiqarganini ma'lum qilgan.
Nuland Rossiyaga 11–13 oktyabr kunlari tashrif buyuradi. Uning tashrifi AQSh tashabbusi bilan o‘tadi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026