Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir saylovchi ovozi – mamlakat ertasini belgilashga xizmat qiladi
Mamlakat hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri bo‘lgan Prezident saylovi g‘oyat muhim tadbir sifatida barchamizni xalqimiz taqdiri, buguni va ertangi istiqboli uchun qat'iy tanlovni belgilashga da'vat etmoqda. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam ekanligi mazkur siyosiy tadbirning alohida ahamiyatini ko‘rsatadi.
Saylov jarayonlari har birimizdan yuksak mulohazakorlikni, mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga daxldorlikni taqozo etadi. Negaki xalq kimgaki yuksak ishonch bildirsa, ertaga u butun mamlakat taqdirini belgilab beruvchi jarayonlarni boshqaradi. Shu bois mamlakatimiz aholisi joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini o‘zgacha hayajon va katta qiziqish bilan kutmoqda.
Prezident – O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning asosiy bunyodkori, qonuniylik, ijro, davlat mustaqilligi, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi muhofazasi, yurt tinchligi, xalqning farovon turmushini ta'minlovchi birinchi mas'ul shaxs hisoblanar ekan, ushbu yirik tadbirda faol ishtirok etish barchamizning fuqarolik vazifamizdir!
Bahodirjon ShERMUHAMMADOV,
Farg‘ona davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori,
professorⓉ
Mavzuga oid
19:45 / 30.01.2025
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon
19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi
09:32 / 02.06.2023
Farg‘ona davlat universiteti Times Higher Education reytingidan joy oldi
17:56 / 25.05.2023