Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 100 mingdan ortiq aholi ishsiz - Shavkat Mirziyoyev
Buxoro viloyatida bugungi kunda 100 mingdan ortiq aholi ishsiz. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Buxoroga kelishdan oldin men viloyat tadbirkorlari, partiyadoshlarim bilan maslahatlashdim, aholi murojaatlarini o‘rgandim. Viloyatning asosiy ko‘rsatkichlari ham chuqur tahlil qilindi.
O‘tgan besh yilda Buxoroda ko‘plab yangi korxonalar, uy-joylar, ta'lim va tibbiyot muassasalari, yo‘llar va boshqa muhandislik obektlari qurildi. Shahar va tumanlar markazlari, qishloq va mahallalar tobora obod bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, viloyatda o‘z yechimini kutayotgan qator masalalar borligi ham haqiqat. Bugungi kunda viloyatda 100 mingdan ortiq aholi ishsiz. Joriy yilning o‘zida viloyat aholisidan ish o‘rinlari bo‘yicha 6 mingdan ziyod hamda 8 mingdan ortiq ijtimoiy yordam to‘g‘risida Xalq qabulxonalariga murojaatlar kelib tushgan.
Shu bois, Buxoro viloyatini rivojlantirish uchun barcha idora va tarmoqlar birgalikda rejalarini belgilab, tinimsiz ishlashimiz kerak. Yuqoridagilarni inobatga olib, Buxoro viloyati iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha besh yillik dasturni ishlab chiqdik”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026