13:19 / 12.10.2021
8496

Sardoba fojiasi kabi holatni men o‘zim kinolarda ham ko‘rmagandim – Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Buxoroda saylovchilar bilan uchrashuv davomida Sardoba fojiasi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Sirdaryo voqeasi haqida xabar berishganida zudlik bilan yetib bordim. Sardoba fojiasi kabi holatni, u yerdagi manzarani men o‘zim kinolarda ham ko‘rmagandim. Hamma yoq suv, bolalar daraxtlarga chiqib o‘tirishibdi. Zudlik bilan barcha kuchlarni safarbar qildik. Afsuski, Milliy gvardiyamiz askarlari orasida qurbonlar ham bo‘ldi. Xuddi shunday Qorako‘l, Olot tumanlaridagi tabiiy ofatlarni ham bevosita kuzatganman, zarur choralarni ko‘rganmiz.

Pandemiya ham bizni qattiq sinadi. Bir yillab butun iqtisod to‘xtab qolgan yil bo‘lmagan. Hamma yoq yopilib qoldi. Lekin oylik berishimiz kerak, xalq tirikchilik qilishi kerak. Bizda epidemiologiya fani rivojlanishdan butunlay to‘xtab qolgandi. Haligacha chet ellardan mutaxassislarni chaqirtiryapman – maqsadim, mutaxassislarimiz tajriba orttirishsin. 

Lekin O‘zbekistonda epidemiologiya bo‘yicha katta maktab bor edi, shu hududlarda og‘ir kasalliklar tarqalganida o‘z olimlarimiz kurashgan. Bekorga faqat ilm, faqat innovatsiya rivojlanishni ta'minlaydi. Buyuk ilmning beshigi qayer – Buxoroi sharif”, – deya prezidentlikka nomzodning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top