Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan butun dunyo bo‘ylab qulay onlayn xaridlar va pul o‘tkazmalari uchun «Beeline VISA» virtual kartasini ishga tushirdi

Foto: Beeline Uzbekistan
Beeline Uzbekistan o‘z mijozlarining mobil moliya sohasidagi imkoniyatlarini kengaytiradi. Kompaniya «Ravnaq-bank» AJ ko‘magida abonentlar bankka bormasdan, o‘zlari ochishi mumkin bo‘lgan virtual kartani ishga tushirdi. To‘lov kartasining barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan «Beeline VISA» internetda xaridlarni amalga oshirish, shuningdek, uydan chiqmasdan, butun dunyo bo‘ylab yaqinlaringiz va do‘stlaringizga pul o‘tkazish imkonini beradi.
«Beeline VISA» – bu O‘zbekistonda bank xodimi, mobil operatori yoki kurer bilan hech qanday aloqasiz, masofadan chiqarilgan birinchi karta. Biz uni abonentlarimiz talabiga binoan yaratdik. Virtual kartani ochishda ularni yoqimli bonus kutmoqda – 1 GB internet-trafik. Biz doimiy ravishda yuqori texnologiyali yechimlarni joriy etish ustida ishlayapmiz va hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz to‘lov mahsulotlarini taqdim etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», - deya izoh beradi Beeline Uzbekistan mobil moliyaviy xizmatlarini rivojlantirish xizmati rahbari Ernest Rzayev.
«Biz ishonamizki, bank kelajagi kuchli, innovatsion va odamlarga qulay yechimlarda. Faqat eng oson shart-sharoitlarning yaratilishi bankka zamonaviy bozor voqeliklarida mijozlar uchun foydali va qiziqarli bo‘lish imkonini beradi. Biz Beeline Uzbekistan kabi sheriklar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz, chunki kompaniya o‘z qadriyatlarimizni to‘liq baham ko‘radi va biz bilan birgalikda eng qulay yechimlarni ishlab chiqadi», - dedi «Ravnaq-bank» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Baxtinur Nurmuhammedov.
«Ko‘pgina mamlakatlarda yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari o‘z foydalanuvchilariga bank kartalarini chiqarishga asoslangan moliyaviy mahsulotlarni taklif qilmoqda. Biz O‘zbekistonda innovatsion to‘lov xizmatlari va texnologiyalarini joriy etish uchun Beeline kabi ishonchli hamkorni topganimizdan juda xursandmiz! «Ravnaq-bank» AJ bilan hamkorlikda chiqarilgan «Beeline VISA» raqamli kartasi O‘zbekiston bozori uchun noyob mahsulotdir. Axir uni masofadan turib raqamli formatda ochish mumkin va darhol internetda, shu jumladan, xorijiy saytlarda xarid qilish uchun ishlatish hamda chet elda yashovchi qarindoshlardan pul o‘tkazish mumkin», - deydi «VISA»ning MDH va Janubiy-Sharqiy Yevropada strategik sheriklik bo‘yicha katta direktori Yevgeniy Lesnyak.
Virtual kartaning ko‘p imkoniyatlari bor: u pulli xizmatlarga obuna bo‘lish uchun pul to‘lash, butun dunyo bo‘ylab onlayn xaridlarni amalga oshirish, smartfonlar va kompyuterlar uchun turli xil ilovalarni sotib olish hamda «VISA Direct» xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Siz «Beeline VISA» hisobini istalgan UzCard yoki HUMO kartasidan to‘ldirishingiz mumkin. To‘lov kartasini ochish juda oson – faqat Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab oling va o‘zingiz to‘g‘ringizda kerakli ma'lumotlarni kiriting.
Eslatib o‘tish joiz, «Ookla» (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi) ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil internetni taqdim etdi. Har yili dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil internet sifatini o‘rganish natijalarini «Ookla» saytida ko‘rish mumkin.
«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/uzbeelineuzb
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beelineuzbekistan
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
-
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi
O‘zbekiston | 14:48
-
IShID yetakchilaridan birini o‘ldirgan AQSh, cho‘kib ketishiga sal qolgan Ramzon Qodirov va G‘azoda davom etayotgan fojia – kun dayjesti
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

17:00 / 17.07.2025
Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

17:00 / 10.07.2025
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi

18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi

14:00 / 29.01.2025