Garçi köp ötmay Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy bayonot berib, bu xabarlar asossiz ekanini bildirgan bölsa-da, köplab özbekistonliklar Afğonistonda özbek tilining kelajagi masalasidan xavotirlarini bildirib kelayotgandi.

7 oktyabr kuni esa Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston muvaqqat hukumati rahbariyati vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Unda toliblar Afğonistonda özbek tilining rivojlanişiga kafolat bergani aytildi.

Kun.uz muxbiri nafaqat Afğoniston, balki Özbekistonga çegaradoş boşqa davlatlarda özbek tilining örganilişi, buning uçun yaratilgan şaroitlar borasida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov bilan intervyu uyuştirdi.

Markaz direktorining xavotir bildirişiça, bu boradagi ahvol yillar davomida juda oğir holatga kelib qolgan.

— Inomjon aka, fikringizça, bugun Özbekistonda qardoş va boşqa millat tillari rivojlanişi, örganilişi uçun qay darajada imkoniyat yaratilgan?

— Özbekistonda bugun 130 dan ziyod millat va elat vakillari yaşaydi. Ularga tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirişi uçun kerakli barça şaroitlar yaratilgan.

Şuningdek, Toşkent şahri va viloyatlardagi 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni şu maqsadga xizmat qilmoqda.

Özbekistonda bugun ta'lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari özbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirğiz, tojik va turkman tillarida ham iş olib boradi.

Agar rasmiy raqamlarga qarasak, bugun mamlakatdagi 10 ming 8 ta maktabning 1 ming 476 tasida rus va qardoş tillar öqitilmoqda. Bunda jumladan, 899 ta maktabda rus tilida, 133 tasida qoraqalpoq, 218 tasida qozoq, 38 tasida qirğiz, 165 tasida tojik va 23 tasida turkman tilida ta'lim beriladi.

Demak, xulosa qiliş mumkinki, Özbekiston bugun Markaziy Osiyodagi eng tolerant davlat. Bu yerda etnik ozçilik bölgan birliklarning öz tilida ta'lim olişiga heç qanday tösiq yoki muammo yöq.

— Özbek tili, uning rivojlanişi, örganilişi va buning uçun şaroitlar borasida qöşni davlatlarda ahvol qanday? Keling, davlatlar misolida nomma-nom tahlil qilsak?

— Biz ötgan asrning saksoninçi yillarida oliy ta'limni olganmiz. Öşa paytlarda qöşni davlat yoşlarining Özbekistonga kelib öqişi tajribasi yölga qöyilgandi.