Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident saylovida har bir tuman va shahardagi 1tadan saylov uchastkasida kamera o‘rnatiladi
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berildi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning aytishicha, prezident saylovida har bir tuman va shahardagi 1tadan namunaviy saylov uchastkalarida 2tadan kameralar va zaruriy qurilmalar o‘rnatiladi.
“Bugungi kunda xorijiy tajriba va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, joriy yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovida har bir tuman va shahardagi 1tadan namunaviy saylov uchastkalarida 2tadan kameralar va zaruriy qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak, 207ta tuman va shaharlarda jami 414ta kuzatuv kameralari o‘rnatilishi belgilangan. 2019 yilga nisbatan bu 147 foizga ko‘proq degani”, dedi Bahrom Qo‘chqorov.
Ma'lum qilinishicha, 414ta videokuzatuv kameralari o‘rnatiladigan 207ta saylov uchastkalarini mahalliy hokimliklar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tanlab olgan va ularning ro‘yxatlari shakllantirilgan.
“Taklif etilayotgan saylov uchastkalariga videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ovoz berish jarayonlari Markaziy saylov komissiyasining Saylov2021.uz saylov portali, Matbuot markazidagi katta hajmdagi monitorda va “O‘zbekiston24” telekanalida hamda Markaziy saylov komissiyasi binosida onlayn translatsiya qilib boriladi. Translatsiya vaqti 24 oktabr kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha belgilangan”, dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari.
Ma'lumot uchun, 2019 yildagi parlament saylovlarida 60ta saylov uchastkasiga 120ta videokuzatuv kameralari va zaruriy qurilmalari “Unicon.uz” tomonidan o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
09:05 / 27.03.2026
1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi
08:45 / 26.02.2026
Mirobodda maktablar oldi va mahalla kirish-chiqishlariga kameralar o‘rnatilmoqda
18:38 / 17.02.2026