Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik milliarder AQShga yarim milliard dollar jarima to‘ladi
Rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov AQSh tomondan o‘ziga bildirilgan e'tirozlarni hal qilish doirasida AQShga 448,9 mln dollar to‘lab berdi. Biroq bu milliarderning Vashingtonga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning hammasi emas.
Tinkov AQShda soliq jinoyatlarini sodir etishda ayblangan. U 2013 yilda AQSh fuqaroligidan voz kechganda to‘lashi kerak bo‘lgan soliqni to‘liq hajmda to‘lamagan.
Milliarder AQSh sudi bilan kelishuvga erishib, uning doirasida AQShga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 506 mln dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu esa u AQShga to‘lamagan soliq miqdoridan 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Ayni vaqtda tadbirkor Londonda qolmoqda. Tinkov AQSh sudi bergan order bo‘yicha 2020 yil fevralda Britaniyada hibsga olingan, biroq keyinroq garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. AQSh ilgari surgan ayblovlar bo‘yicha tadbirkorga 6 yillik qamoq jazosi xavf solgan.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026