10:16 / 15.10.2021
2984

«Beeline TV» O‘zbekistondagi xalqaro reklama festivalini namoyish etdi

Foto: Beeline

TAF!21 Toshkent reklama festivalining texnologik hamkori Beeline Uzbekistan bayram tadbirini jonli efirda translatsiya qilish uchun o‘zining «Beeline TV» platformasini taqdim qildi. Sahnada bo‘layotgan voqealarni real vaqtda kuzatib borish mumkin edi. Tadbir ikki kun davom etdi va xalqaro marketing konferensiyasini, shuningdek, eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘z ichiga qamrab oldi.

Foto: Beeline 

Uchinchi reklama festivalida 207 ta muvaffaqiyatli marketing loyihalari 112 ta taniqli va yangi paydo bo‘lgan yosh brendlar mukofotlar uchun kurashdilar. Shuning uchun marketologlar va reklama beruvchilar o‘rtasidagi professional “jang” natijalarini bilish yanada qiziqroq edi. «Beeline TV» servisi yordamida taqdirlash marosimini har qanday qulay joydan tomosha qilish mumkin edi. «Ookla» tomonidan mamlakatning eng tezkor* deb tan olingan Beeline Uzbekistan mobil interneti, «Beeline TV»ning turli xil kontentlari kabi, translatsiyani ham a'lo sifat bilan va trafik sarf qilmasdan ko‘rish imkonini berdi.

Foto: Beeline 

“TAF!21'ga bo‘lgan katta qiziqishning isboti – «Beeline TV»dagi tomoshalar soni. U 11 mingga yaqinlashdi, bu esa reklama sohasidagi professionallarga qaratilgan tadbir uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. O‘zbekistondagi eng tezkor Internet har bir kishiga festivalning asosiy yangiliklarini birinchi bo‘lib bilish uchun xalqaro tadbirga onlayn ulanishga yordam berdi”, - deydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Foto: Beeline 

Yana bitta quvonarli fakt – «Beeline Uzbekistan», iste'molchilar fikriga ko‘ra, eng yaxshi deb tan olindi. Kompaniya ZO‘R loyihasi uchun “Mashhur shaxslar bilan reklama kampaniyasi” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

“Rostini aytsam, bu biz uchun yoqimli va kutilmagan syurpriz bo‘ldi. Hech narsa bizning abonentlarimizning ishonchi va tanlovidek turtki bo‘lmaydi va ilhomlantirmaydi! Biz uchun bu g‘alaba yanada yaxshi bo‘lishga undaydi! Bu yangi imkoniyatlarimizni kashf etish uchun katta motivatsiya! Tajriba almashish va ishga yangicha yondashish, nafaqat o‘zini ko‘rsatish, balki boshqa brendlar haqida bilish, qiziqarli ijodiy insonlar bilan tanishish uchun ham bunday festival tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish zarur” - deya ta'kidlaydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Foto: Beeline 

*«Ookla» (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi) ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida «Beeline Uzbekistan» o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil Internetni taqdim etdi. Har yili dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil internet sifatini o‘rganish natijalarini «Ookla» saytida ko‘rish mumkin.


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beelineuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top