Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning eng yirik aviakompaniyasi Alitalia bankrotlik sabab tugatildi
Italiyaning eng yirik aviakompaniyasi Alitalia bankrotlik sababli tugatildi. 15 oktyabrdan mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi 2020 yil oktyabrda Italiya hukumati qarori bilan tashkil etilgan Italia Trasporto Aereo (ITA) bo‘ladi.
Foto: rte
Alitalia koronavirus pandemiyasi va chegaralar yopilishi sababli bankrotlikka uchragan. Uning o‘rnini endi ITA egallaydi.
Ta'kidlanishicha, kompaniyaning tugatilishi Italiya hukumati va sarmoyadorlarning mashhur aviakompaniyani saqlab qolishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini anglatadi.
Kompaniyaning oxirgi reysi Kalyari shahridan Rimga 14 oktyabrda kechki vaqt amalga oshirilgan. Samolyotni Italiya fuqaro aviatsiyasining eng tajribali uchuvchilaridan biri, kompaniyada 1989 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Andrea Joya boshqargan.
Kompaniya 76 yil avval, 1957 yil 5 mayda tashkil etilgan. Oxirgi 4 yil Alitalia moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, kompaniyada favqulodda boshqaruv rejimi kiritilgan, Italiya hukumati esa kompaniyaga o‘zini o‘nglab olishi uchun 1,3 mlrd dollar ajratgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda ITA tarixga aylanadigan aviakompaniyadan 52 ta samolyotdan iborat parkni, parvozlar kodlari va brendni meros qilib oladi. Biroq xodimlar soni 10,5 mingdan 2,8 minggacha qisqaradi.
Yangi aviakompaniyaning birinchi parvozi 15 oktyabrga belgilangan.
“Alvido, qadrdon keksa Alitalia. Ertadan yangi ITA kompaniyasining birinchi reysini bajaruvchi samolyot Bariga qo‘nadi va biz uni kutib qolamiz”, deb aytilgan Bari aeroportida.
Mavzuga oid
18:23 / 22.04.2026
Solovyov Italiya bosh vazirini haqoratladi
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
21:33 / 31.03.2026
Italiya AQShning Yaqin Sharqqa uchayotgan samolyotlari Sitsiliyaga qo‘nishiga ruxsat bermadi
08:56 / 30.03.2026