Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini berishni taklif qildi
Hozirda aralash nikohdan tug‘ilgan bola Rossiya hududida dunyoga kelsa, avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini oladi. Bola xorijda tug‘ilgan taqdirda Rossiya fuqaroligi avtomatik ravishda emas, balki ota-onaning tanloviga ko‘ra olinadi.
Foto: Getty Images
Aralash nikohdan tug‘ilgan bolalar dunyoga kelgan joyidan qat'i nazar, avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini olishlari kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
«Aralash oila qayerda yashamasin, bola aralash nikohdan qayerda tug‘ilmasin – xoh Rossiya, xoh xorijiy davlat hududida — u konstitutsiyaga muvofiq avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini olishi shart», — dedi u.
Lavrovning ta'kidlashicha, aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga fuqarolik berish «amalga oshirish ko‘zlangan navbatdagi qadam» hisoblanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qonunchilari vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida ushbu tashabbusni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, aralash nikohdan tug‘ilgan bola Rossiya hududida dunyoga kelsa, avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini oladi. Bola xorijda dunyoga kelgan taqdirda Rossiya fuqaroligi avtomatik ravishda emas, balki ota-onaning tanloviga ko‘ra olinadi. Buning uchun Rossiya fuqarosi bo‘lgan ota yoki onaning arizasi va uning xorijlik turmush o‘rtog‘ining roziligi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026