Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning real daromadi 10 foizga oshdi
Yanvar–sentyabr oylarida aholi daromadlari 10 foizga oshgan bo‘lsa, YaIM 6,9 foizga o‘sdi. Aholi soni esa 35 millionlik chegaradan oshib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasi, 2021 yilning yanvar–sentyabr oyida O‘zbekistonning iqtisodiy holatiga oid raqamlarni e'lon qildi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra:
- Yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur'ati – 6,9 foiz;
- — sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 9 foiz;
- qurilish ishlari hajmining o‘sish sur'ati – 4,5 foiz;
- chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur'ati – 9,8 foiz;
- bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur'ati – 19,5 foiz;
- tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur'ati – 2,5 foiz;
- ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni – 566 457 ta;
- faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 538 466 ta.
Shuningdek, Statqo‘m yanvar–sentyabr oyidagi respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatiga oid raqamlarni ham ma'lum qildi.
Unga ko‘ra,
- — Aholi soni 35 mln 79 mingga yetgan;
- narxlar o‘sish indeksi (sentyabrda) 1,1 foizni tashkil etgan (2020 yilda 1,4 foiz);
- aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur'ati – 10,4 foiz;
- YaIM o‘sishi – 6,9 foiz;
- transport sohasida yuk aylanmasi – 12,3, yo‘lovchi aylanmasi 7,4 foiz oshdi;
- sanoat ishlab chiqarishda o‘sish sur'atlari 9 foiz.
Avvalroq, Jahon banki 2021 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi prognozini 6,2 foizgacha oshirganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
14:31 / 24.12.2025