Özbekistonning yalpi içki mahsuloti joriy va kelgusi yilda ösişi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça iqtisodiy hisobotining yangi naşrida ma'lum qilindi.

Qayd etilişiça, 2021 yilda içki investitsiyalar, xalqaro savdo va pul ötkazmalarining tiklanişi iqtisodiyotning 6,2 foizga ösişiga, şuningdek, işsizlik va kambağallikning qisqarişiga yordam beradi.

Özbekiston iqtisodiyotining sönggi tendensiyalari

2020 yilda Özbekiston yalpi içki mahsuloti ösişining 1,7 foizgaça sekinlaşuvidan söng 2021 yilning birinçi yarmida YaIM 6,2 foizgaça ösdi. Sanoat va xizmat sohasining işonçli ösişi qişloq xöjaligining sust ösişini qopladi. Uy xöjaliklari daromadi va içki investitsiyalarning ösişi, budjet mablağlarining inqirozga qarşi çoralarni amalga oşiriş uçun sarflanişi, şuningdek, soliq imtiyozlari 2021 yilda iqtisodiyotning mustahkam ösişiga yordam berdi.

Oltin eksporti hajmini qisqartiriş böyiça qaror tölov balansining joriy balansi taqçilligini 2021 yilning birinçi yarmida yalpi içki mahsulotning 10 foizigaça oşirdi. Bu körsatkiç ötgan yili YaIMning 7,3 foizini taşkil etgan edi. Biroq 2020 yilda savdo hamkorlarining mis, töqimaçilik, öğitlar, oziq-ovqat va maşinasozlik kabi mahsulotlarga talabi qisqarganidan keyin hozirda uşbu tovarlar eksporti tiklanmoqda.

Eksportning umumiy hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 12,3 foizga oşdi. Xususiy iste'molning ösişi va maşinalar, uskunalar va xomaşyoga bölgan talabning tiklanişi hisobiga 2021 yilning birinçi yarmida import 14,3 foizga ösdi. Bu savdo balansi taqçilligining 2020 yilning birinçi yarmidagi YaIMga nisbatan 16,2 foizidan 2021 yilning birinçi yarmida 18,8 foizga oşişiga olib keldi. Pul ötkazmalarining barqarorligi (2021 yilning birinçi yarmida YaIMning 8,7 foizi) salbiy savdo balansini bartaraf etişga yordam berdi. 2021 yilning birinçi yarmida budjet taqçilligi yalpi içki mahsulotga nisbatan 5,4 foizni taşkil etdi.  

Budjet taqçilligi davlat qarzining ösişi hisobidan moliyalaştirilgan bölsa-da, nominal YaIMning ösişi 2021 yilning birinçi yarmida davlat qarzining YaIMga nisbati YaIMning 38,5 foizigaça kamayişiga olib keldi.

Hukumat 2021 yilda 5,5 milliard AQŞ dollari çegarasida örnatilgan taşqi qarzlar böyiça çeklovlarga rioya qilişning uddasidan çiqmoqda. Oltin-valuta rasmiy zaxiralari 2021 yil iyulda 34,1 milliard dollarga yetdi, bu ötgan yilga nisbatan 1,8 milliard dollarga köproqdir.

Inflatsiya darajasi 2020 yil iyun oyidagi 14,7 foizdan 2021 yil iyun oyida 11 foizgaça kamaydi. Biroq bu körsatkiç oziq-ovqat narxining ösiş sur'ati tufayli hali ham ikki xonali raqamligiça qolayotgan edi. Inflatsiya böyiça kutilmalarning noaniqlik darajasini hisobga olib, Markaziy bank bazaviy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi. Bu körsatkiç 2020 yil sentabr oyidan beri özgarişsiz qolmoqda.

Iqtisodiyotni kreditlaş böyiça yillik ösiş 2020 yil iyun oyida 34 foiz va 2019 yilda 52 foizga teng bölgan bölsa, 2021 yil iyun oyida 24 foizgaça sekinlaşdi. Bu tendensiya 2021 yilda real kreditlar böyiça foiz stavkalarining balandligi va davlat tomonidan subsidiya qilinadigan kreditlaşning qisqarişi hisobiga bank kreditlariga bölgan talabning susayişini körsatadi.

Bank sektori kapitalining yetarlilik darajasi 2020 yilning iyun oyida 20,8 foiz va 2021 yil yanvar oyida 18,5 foiz bölgan bölsa, 2021 yil iyun oyida 17,4 foizgaça pasaydi. Bu qisman COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yil iyun oyida 2,2 foizdan 2021 yil iyun oyida 4,6 foizga oşgan qaytarilmaydigan kreditlarning köpayişi bilan boğliq edi.

Şunga qaramasdan, Özbekiston moliya tizimi ehtimoliy kredit inqirozlarini bartaraf etiş uçun yetarli moliyaviy resurslarga ega. 2021 yil 1 avgustdan boşlab moliya sektoridagi xatarlarni va uning dollarlaşuvini yanada kamaytiriş maqsadida tijorat banklari tomonidan çet el valutasida jalb qilinadigan depozitlar böyiça majburiy zaxira normativi oşirildi. U 14 foizdan 18 foizgaça ösdi.

Iqtisodiy tiklaniş jarayonida işsizlik darajasi 2020 yilning birinçi yarmidagi 13,2 foiz va 2020 yil oxiridagi 10,5 foizdan 2021 yilning birinçi yarmida 10,2 foizga pasaydi. Işsizlik darajasi hozirça pandemiyadan oldingi darajaga yetmagan (9 foiz atrofida) hamda ayollar va yoşlar uçun örtaça körsatkiçdan yuqori bölib qolmoqda.

Özbekiston iqtisodiyotining rivojlanişi böyiça prognoz

2021 yilda Özbekiston YaIMning ösişi 6,2 foizga yetişi kutilmoqda. Ammo pandemiya yangi tölqinlarining global va milliy iqtisodiyotga ta'siri davom etayotgani sababli bu prognoz noaniqligiça qolmoqda.

Içki investitsiyalarning, xalqaro savdoning va xorijda pul ötkazmalarining tiklanişi 2021 yilda iqtisodiy ösişni rağbatlantirib, işsizlik va kambağallikni qisqartiradi. 2022 yilda ham mamlakat yalpi içki mahsulotining ösişi yuqori darajada qolib, aholini emlaş darajasi tezlaşişi va jahon iqtisodiyotidagi uzilişlarning kamayişi bilan 5,6 foizga yetişi kutilmoqda.

Investitsiya loyihalari uçun maşinalar, uskunalar va xomaşyo importi tiklanişi va oltin eksportining 2020 yildagi rekord darajadan pasayişi bilan hamda boşqa tovarlar eksportining ösişini inobatga olgan holda tölov balansining joriy balans taqçilligi 2021 yilda yalpi içki mahsulotga nisbatan 5,9 foizga yetişi kutilmoqda. Töğridan töğri xorijiy investitsiyalar 2021 yilda past darajada qolişi va 2022 yilda qisman tiklanişi kutilmoqda.

Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va qişloq infratuzilmasini rivojlantirişga davlat investitsiyalarini kengaytiriş, şuningdek, aholini emlaş kampaniyasi böyiça xarajatlar 2021 yil oxiriga kelib davlat xarajatlarini yanada oşiradi. Bu budjetga soliq tuşumlarining köpayişi, foydali qazilmalarni qazib oliş va davlat korxonalarini xususiylaştirişdan keladigan daromad hisobiga qoplanadi, bu esa 2021 yilda budjet taqçilligi yalpi içki mahsulotning 5,5 foiziga teng bölişiga olib kelişi kutilmoqda. Bu defitsit davlat qarzining ösişi hisobidan moliyalaştiriladi, davlat qarzi esa 2021 yilning oxiriga kelib YaIMning 40,6 foizini taşkil etişi prognoz qilinmoqda.

COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq noaniqlik va 2023 yilga e'lon qilingan QQS stavkasining pasayişi örta muddatli istiqbolda budjet taqçilligiga olib kelişi mumkin. Iqtisodiyotning barqaror tiklanişi, inqirozga qarşi çoralarning bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi va soliq bazasini kengaytirişga qaratilgan soliq ma'murçiligi islohotlari budjet taqçilligini kamaytirişga va 2023 yil oxiriga kelib davlat qarzini YaIMning qariyb 42 foizi darajasida barqarorlaştirişga yordam berişi kutilmoqda.