Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada kengaytiramiz – Maqsuda Vorisova
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova uy-joylar va kommunal xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlash masalasiga alohida yondashmoqda.
“Biz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada kengaytirishga erishishni rejalashtirayapmiz” – deyiladi dasturda.
Dasturga ko‘ra, mazkur vazifani amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish reja qilinmoqda:
- mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun arzon uy-joy qurishga imtiyozli ipoteka krediti berish amaliyotini takomillashtirish;
- “Kommunal xizmatlar tariflarini tartibga solish asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish;
- o‘rta muddatli istiqbolda shaharlar va qishloq aholi punktlarida aholini arzon elektr-energiya, issiqlik va issiq suv tizimi bilan ta'minlash bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, joylarda davlat-xususiy sheriklik tartibidagi dasturlarni amalga oshirish;
- kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda narx-navo va tariflar oshirilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, sohada ma'lumotlar ochiqligini ta'minlash hamda kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
- o‘rta muddatli istiqbolda shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bog‘lari, bolalar uchun o‘yin maydonchalarini kengaytirish, bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Mavzuga oid
16:25 / 29.06.2026
1 iyuldan xususiy kompaniyalarda ham kasallik nafaqasi davlat tomonidan to‘lab beriladi
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026