Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an BMTning joriy tizimi yangi inqirozlar keltirib chiqarishini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMTning joriy tizimi tahdidlarni bartaraf eta olmasligi va yangi inqirozlar keltirib chiqarishga mahkumligini aytdi.

Foto: Anadolu Agency
“Islom dunyosi yetarlicha ovoz huquqiga ega bo‘lmagan, Afrika, Lotin Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlari manfaatlari e'tiborsiz qoldiriladigan BMTning joriy tizimi istiqbolga ega emas. Vazifasi tinchlik uchun kurashish va xavfsizlikni ta'minlashdan iborat bo‘lgan xalqaro tuzilmalar hozirgi zamon tahdidlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha imtihonlardan yiqildi”, deb aytgan Turkiya rahbari.
Uning aytishicha, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalarni isloh qilish vaqti keldi.
“Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllantirilgan BMTning amaldagi tizimi hozirgi kun tahdidlariga jaavob bera olmaydi, tinchlik va adolatni ta'minlashga qodir emas va yangi inqirozlar keltirib chiqarishga mahkum”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Jumladan, Turkiya prezidenti koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo avvalgidek bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tgan.
“Pandemiya odamlar dunyoqarashini, dunyoga va global siyosatga yondashuvlarni tubdan o‘zgartirdi, dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ijtimoiy muhofaza va sog‘liqni saqlash tizimining zaif ekanini ko‘rsatdi. Kam rivojlangan va nochor davlatlar esa umuman tahdidlar oldida yakka o‘zi qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti Angolaga safari oldidan BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari - Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan davlatlargina insoniyat taqdirini belgilamasliklari kerakligini aytgan. U dunyoda kengashning doimiy a'zosi bo‘lgan 5 ta davlatdan tashqari yana 200 davlat borligini ta'kidlab o‘tgan.
Ayni vaqtda BMT Xavfsizlik kengashi tarkibiga 15 ta davlat kiradi. Ulardan Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya doimiy, qolgan 10 davlat doimiy bo‘lmagan a'zolar hisoblanadi. Kengash tarkibi bir martagina – 1963 yilda kengaytirilgan. O‘shanda kengashga a'zo davlatlar soni 11 tadan 15 tagacha oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi
Iqtisodiyot | 09:08
-
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi
Jahon | 09:02
-
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi
Iqtisodiyot | 08:57
-
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi
Jahon | 08:23
Mavzuga oid

22:59 / 23.07.2025
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi

13:00 / 22.07.2025
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga integratsiyasini tezlashtirishni talab qildi

14:08 / 21.07.2025
BMT boshqarmasi G‘azo sektoridan evakuatsiya bo‘yicha chaqiriqni qoraladi

19:01 / 16.07.2025