Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir yil ichida ushlangan noqonuniy muhojirlar soni 35 yillik rekord ko‘rsatkichdan oshdi
AQShning chegara-bojxona xizmati 2021 yilda 1,7 mln noqonuniy muhojirni ushladi. The Washington Post nashrining xabar berishicha, bu raqamlar 1986 yilgi rekord ko‘rsatkichdan oshgan.
Foto: Jason Garza/Reuters
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, ushbu muhojirlardan 608 mingi Meksikadan, 657 mingi Markaziy Amerikadan va 367 mingi Janubiy Amerikadan kelgan.
AQShning janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar sonining o‘sgani 2020 yilda qayd qilingan, biroq bu ko‘rsatkich Jo Bayden prezident lavozimini egallagandan keyin bir necha karra oshgan.
Bayden o‘z saylovoldi kampaniyasi davomida AQShni muhojirlar uchun “mehmondo‘stroq” qilishga va'da bergan. Ushlangan muhojirlarning aksariyati jurnalistlar bilan suhbatda Baydenning bu va'dasiga ishonib va u ularga qolishga ruxsat berishiga umid qilib AQShga kelishga qaror qilishganini aytishgan.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
09:41 / 15.04.2026