Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi yo‘l va yo‘l o‘tkazgich harakatlanish uchun ochildi
Bugun, 20 oktyabr kuni Cho‘ponota ko‘chasidan Toshkent halqa yo‘ligacha qurilgan 2 kilometrlik trassa harakatlanish uchun ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Sergeli bilan Yakkasaroy tumanini bog‘laydigan qo‘shimcha yo‘l loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Cho‘ponota ko‘chasidan Toshkent halqa yo‘ligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazildi. Uning Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan qismida 788 metrlik ko‘prik va Toshkent halqa yo‘liga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etilgan.
Mazkur yangi ko‘cha Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yo‘llari bilan kesishadi. Transportlarning yangi ko‘prikka chiqishi ham, undan tushishi qulay, hech qanday svetofor yoki qayrilib olishsiz, boshqalarga xalaqit bermagan holda, keyingi yo‘nalishga qo‘shilib ketish mumkin.
Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yo‘lidan Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan 4 kilometrdan ziyod yo‘l qurilmoqda.
6 qatorli mazkur yo‘l va ko‘priklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa o‘rniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli ko‘chasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.
Mavzuga oid
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
10:13 / 28.03.2026
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
12:07 / 27.03.2026
Toshkentda yangi sanoat zonalariga moratoriy joriy etiladi
11:36 / 25.03.2026