Lotin yozuviga ötişga yetmagan 30 yil

Suhbatimiz avvalida Özbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi qonuni ijrosi hanuzgaça oxiriga yetmayotgani haqida gaplaşdik.

Mutaxassisning fikriga köra, lotin yozuvini ilk örganişni boşlagan avlod maktab bitiriş davriga kelib, davlatdagi barça sohalar töliq lotin yozuviga ötgan bölişi kerak edi. Ya'ni 9-10 yil bir alifbodan ikkinçi alifboga ötişga yetarli bölgan. Oradan salkam 30 yil ötibdiki, lotin yozuvida bitirgan aksar yoşlar ham kirill yozuvida iş yuritişiga töğri kelmoqda.

Şerali Turğunovning fikriça, bu holga örta qatlam, ya'ni hozirda rahbarlik lavozimida işlayotgan, savodi esa kirill yozuvi bilan çiqqan fuqarolar sabab bölmoqda. Filologning aytişiça, uşbu avlod vakillari lotin yozuvini örganişdan köra, qonun ijrosi bajarilmasligidan manfaatdor bölgan.

“Imlo qoidalari tilning talaffuz tabiatidan kelib çiqişi kerak”

Filologning ta'kidlaşiça, “ş”, “ç”, “ng” kabi harf birikmalarini bir harf körinişiga keltiriş aholi imloviy savodxonligini oşirişga yeçim böla olmaydi. Mutaxassisning fikriça, imlo qoidalarini özbek tili talaffuzi tabiatidan kelib çiqib özgartiriş kerak.

Şerali Turğunov öquvçilar imloda köproq özlaşma sözlarda xato qilişini aytdi. Unga köra, tilşunoslik şakllanayotgan paytlarda rus tilşunosligidan kör-körona olingan qoidalar va imloni yengillaştirişga olib boruvçi kerakli me'yorlar qabul qilinmagani bugun yozuv murakkablaşişiga olib kelgan.

“Şoir sözida bir “y” tovuşi qöşib talaffuz qilinsa ham, şoir deb yoziladi, Köryapsizmi, murakkablaşiş qayerdan boşlanadi”, – deydi filolog.

Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori Şerali Turğunov

Uning aytişiça, ruslar ham, inglizlar ham, umuman boşqa köplab tillarning tilşunoslari ham özlaşma sözlarni öz nutqiga moslagan tarzda me'yorlaştirgan. Filolog Turğunovning misol keltirişiça, nemis şoiri Haynrix Hayneni ruslar Genrix Geyne deya özgartirgan, bunga sabab esa ularda “h” tovuşining yöqligidandir.