Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Qora dengiz mintaqasiga zudlik bilan qo‘shin tashlash imkoniyatini o‘rganmoqda
Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans mudofaa vazirlari NATO hududini mudofaa qilish rejasini tasdiqlagan.
Shimoliy Atlantika alyansi zarurat tug‘ilganida Qora dengiz mintaqasiga zudlik bilan qo‘shin tashlash imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
“Biz Rossiyaning tajovuzkorona harakatlariga javoban Qora dengiz mintaqasida dengiz, havo va quruqlikdagi kuchlarimizni oshirdik. Shuningdek, zarurat tug‘ilganida mintaqaga zudlik bilan mustahkamlovchi kuchlarni tashlash imkoniyati o‘rganmoqdamiz”, – dedi u.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans mudofaa vazirlari NATO hududini mudofaa qilish rejasini tasdiqlagan.
Avvalroq NATO davlatlarining yadro quroli yordamida himoyalash bo‘yicha an'anaviy Steadfast Noon mashg‘ulotlari boshlangani xabar qilingandi. Mashg‘ulotlar yadro qurolini tashuvchi va qo‘llovchi qiruvchi, oddiy jangovar, razvedkachi va yonilg‘i quyuvchi o‘nlab samolyotlar ishtirokida o‘tadi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026