«Twitter'da Amerika prezidenti bloklanadi, lekin «Tolibon»ga cheklov yo‘q» - Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ochdi

Foto: Reuters
AQShning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirganini ma'lum qildi. U TRUTH, ya'ni haqiqat deb nomlanadi.
«Katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilik ko‘rsatish uchun TRUTH va TMTG (Trump Media & Technology Group)ni tashkil etishga qaror qildim. Biz shunday zamonda yashayapmizki, «Tolibon» bemalol Twitter'dan foydalanayotgan bir vaqtda bu tarmoq sevimli prezidentingizni bloklab qo‘yadi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
TRUTH'dagi ilk postimni tez orada joylayman. Uni hammaga gapirish imkonini berish uchun ochdim. Tez orada TRUTH'dagi chiqishlarim orqali katta texnologik zo‘ravonlarga qarshilikni boshlayman. Nega bu katta zo‘ravonlarga kimdir qarshilik qilmaydi, deyishardi, mana shu qarshilik qiladigan biz bo‘lamiz», dedi sobiq prezident.
Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimida ishlab turgan vaqtida Facebook va Twitter uning sahifasini bloklab qo‘ygandi. Bloklash Vashingtondagi Kapitoliy bosqinidan keyin, joriy yil boshida amalga oshirilgan. Tramp o‘z tvitlari orqali hukumatni tinch yo‘l bilan topshirmasligiga ishora qilmoqda, deb topilgandi.
Yaqinda Tramp Twitter'ni uning akkauntini qayta tiklashga majbur qilishni so‘rab federal sudga murojaat qilgandi. Sobiq prezident ochgan TRUTH ijtimoiy tarmog‘i 2022 yil birinchi kvartalida ishga tushishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi

10:11 / 01.11.2023