“Germaniyadagi mashhur Audi avtomobil konsernida ishlash tajribam bilan bo‘lishmoqchiman” deya hikoya qiladi, Uzbek.life kolumnisti Shahzod Jabborov.

Siz ham o‘z hikoyalaringizni biz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz Telegram’da @uzbeklifebot ga murojaat qiling.

O‘zbekistondagi yuk mashinalari sohasidagi tajribamni hisobga olgan holda, menimcha, chet yeldagi ish muhiti, xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar va ish uslubi haqidagi tasavvurimizni kengaytirishga yordam beradigan xulosalar haqida gapirmoqchiman. 

DAAD stipendiyasini yutib oldim        

Men Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tamomlagandan so‘ng, MAN markali yuk mashinalari, maxsus transport va tirkamalar ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida bir yilga yaqin ishladim. Bu davr mobaynida men o‘zim uchun O‘zbekistonning yirik korxonalarida ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqladim, qimmatli tajriba, yangi bilimlar va bebaho ustozlar orttirdim. Keyinchalik rivojlanish va mashinasozlik olamiga boshqa tomondan qarash istagi meni Germaniyada magistrlik ilmiy darajasini egallash uchun o‘qishga olib keldi. O‘qishga kirish uchun tayyorgarlik tafsilotlariga chuqurlashmasdan aytamanki, men Yevropaning eng innovatsion universitetiga Germaniyadagi FAU Erlangen-Nürnberg mashinasozlik yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik dasturiga DAAD stipendiyasini yutib oldim. 

Muhandis uchun o‘qish majburiy amaliyotni nazarda tutadi

Germaniyada muhandis uchun o‘qish majburiy amaliyotni nazarda tutadi va shu maqsadda kompaniya topishdan amaliyot o‘tashgacha bo‘lgan barcha mas'uliyat talabalarning o‘z zimmasiga yuklanadi. Amaliyot izlash davri pandemiyaga to‘g‘ri keldi. Shu davrda Germaniyada ham lokdaun avjida edi. Oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari, shaharda hamma narsa yopildi, universitetlar va korxonalar internet olamiga-onlaynga o‘tishga majbur bo‘ldi. Men bu davrda amaliyot uchun korxona topish oson bo‘lmasligini tushundim, chunki muhandis sifatida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun zavodda bo‘lish men uchun juda muhim edi. Natijada, 3 oy ichida