20:00 / 22.10.2021
8551

Mamlakatning yorug‘ ertasi uchun ovoz beraylik

Prezidentlik saylovi erkin va demokratik O‘zbekistonning yorqin ifodasidir. O‘zini shu Vatanning buguni, kelajagi va ertasiga daxldor deb hisoblagan har bir inson burchini bajaradigan payt keldi.

Shunday ekan, saylov kuni faollar safida bo‘lib, muhim siyosiy jarayonda uyushqoqlik bilan ishtirok etaylik.

Har birimiz o‘zimiz tanlagan munosib nomzodga ovoz berish orqali mamlakat taraqqiyotida o‘z mas'uliyatimiz, ovozimiz, xohish-irodamiz, hissamiz bor ekanligini namoyon etaylik.

Qadrli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!

O‘zbekiston va uning xalqini kutayotgan saodat uchun, baxt uchun ovoz beraylik!

Bahodirjon SheRMUHAMMADOV,
Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ⓣ

Mavzuga oid
Top