Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Belgraddagi elchixonasi Kosovodan diplomatlarning chiqarib yuborilishini tan olmadi
22 oktyabr kuni qisman tan olingan Kosovo respublikasi prezidenti Vosa Osmani Rossiyaning Serbiyadagi elchixonasi Prishtina filialida faoliyat ko‘rsatuvchi ikki nafar diplomati persona non grata deb e'lon qilinganini bildirdi.
Kosovo ma'muriyatining rossiyalik ikki nafar diplomatni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori yuridik kuchga ega emas, Rossiya bu masala bo‘yicha BMTning Kosovo bo‘yicha missiyasi bilan hamkorlik qilmoqda, dedi Rossiyaning Belgraddagi elchixonasi vakili.
“Kosovoning mustaqilligini tan olmaymiz, shunga muvofiq, o‘lka hukumati va boshqa tuzilmalarni ham. Biz uchun Prishtinaning hech qanday qarori huquqiy kuchga ega emas”, – dedi u.
Diplomat bu qarorni mutlaqo nomaqbul deb atadi.
22 oktyabr kuni qisman tan olingan Kosovo Respublikasi prezidenti Vosa Osmani Rossiyaning Serbiyadagi elchixonasi Prishtina filialida faoliyat ko‘rsatuvchi ikki nafar diplomatini persona non grata deb e'lon qilinganini bildirdi.
Uning ma'lum qilishicha, Osmani bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Donik Gervall-Shvarsdan Rossiyaning ikki diplomatini Kosovo milliy xavfsizligi va konstitutsion tuzumiga raxna soluvchi zararli faoliyati sababli persona non grata deb e'lon qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026