«Qonun talabi shunday» - MSK raisi o‘rinbosari mustaqil tashabbuskorlarning prezidentlikka nomzod ko‘rsatolmasligi haqida
«Markaziy saylov komissiyasi qonunga izoh berishdan xoli. Qonunda esa prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun faqat siyosiy partiyalar haqli ekani belgilab qo‘yilgan», – dedi Bahrom Qo‘chqorov.

23 oktabr kuni Toshkentdagi simpoziumlar saroyida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik holati borasida mahalliy va xalqaro OAV vakillari hamda xorijiy kuzatuvchilarga ma'lumot berildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan O‘zbekistondagi saylovlarda mustaqil tashabbuskorlarga prezidentlikka nomzod ko‘rsatish imkoniyati berilmasligi, shuningdek, og‘ir jinoyati uchun qamoq muddatini o‘tayotganlarning saylovda ovoz berolmasligi borasida savol bilan murojaat qilindi.
Savollarga Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov javob berdi. U prezidentlikka mustaqil tashabbuskorlar tomonidan nomzod ko‘rsatilishiga amaldagi qonunlarda cheklov borligini qayd etdi.
«Qonun talabi shunday. Markaziy saylov komissiyasi esa qonunga izoh berishdan xoli. Qonunda esa prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun faqat siyosiy partiyalar haqli ekani belgilab qo‘yilgan», – dedi Qo‘chqorov.
MSK mulozimi, shuningdek, og‘ir jinoyat sodir etgan va qamoq muddatini o‘tayotganlarning nega saylovda ishtirok etolmasligiga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Bu yilgi saylovlarda birinchi bor og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan fuqarolarga saylovda ovoz berish huquqi berildi. Balki bu masala ham qonun chiqaruvchi organlar tomonidan ko‘rib chiqilar. Bu masala ham jamoatchilik va ekspertlar tomonidan ko‘tarilib, muhokama qilinishi kerakdir.
Qonun chiqaruvchi organlar bekorga bu cheklovlarni qo‘ymagan. Bunga ma'lum sabablar bor. Balki, kelajakda bu masala ko‘rib chiqilar», – dedi Bahrom Qo‘chqorov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi
Jahon | 17:10
-
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi
Jahon | 17:05
-
TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro kadrlar tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi
O‘zbekiston | 17:00
-
«Rosatom» Qozog‘istonda ham AES quradi
Jahon | 16:25
Mavzuga oid

18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili

13:30 / 26.07.2024
“E-saylov” tizimi sabab 5 mlrd so‘m xarajat kamayadi” – Bahrom Qo‘chqorov

15:47 / 26.03.2024