Hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi Gurjiston Markaziy saylov komissiyasi ustidan nazoratni qölga kiritdi. Reuters agentligining 25 mart, duşanba kuni xabar berişiça, bu joriy yilning oktyabr oyida respublikada ötkaziladigan saylovlar paytida sodir bölişi mumkin bölgan manipulyatsiyalar haqidagi xavotirlarni kuçaytirdi. 

Şu kuni parlament spikeri Şalva Papuaşvili Saylov kodeksiga Markaziy saylov komissiyasi rahbari va a’zolari lavozimiga nomzodlarni tanlaş huquqini parlament rahbariga ötkazişni nazarda tutuvçi tuzatişlarni imzoladi. Şu bilan birga, ularni tasdiqlaş parlament a’zolari tomonidan oddiy ovoz beriş yöli bilan amalga oşiriladi. Tanqidçilar buni saylov oldidan saylov komissiyasidan vakolatlarni tortib oliş sifatida köryapti. 

Avvalroq Gurjiston prezidenti Salome Zubarişvili tuzatişlar mamlakatning Yevropa yönalişiga mos kelmagani uçun ularga veto qöygan edi. Markaziy saylov komissiyasini şakllantirişning yangi qoidalari uşbu organning mustaqilligini yöqotişiga olib keladi va Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralar boşlanişiga tösqinlik qilişi mumkin, deb ta’kidlagan muxolifat deputatlari «Kavkazskiy uzel» internet-portaliga. Parlamentda köpçilik öringa ega bölgan hukmron partiya ötgan hafta prezident vetosini bekor qildi.