Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young tomonidan ijobiy auditorlik xulosa berildi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida aksiyadorlik jamiyatining departament rahbarlari, boshqarmalar direktorlari va mutaxassislar ishtirokida “New Silk Road Oil and Gas” qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Mamlakatimizning yonilg‘i-energetika va gaz-kimyo sohasida yetakchi hisoblangan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida va respublikadagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ichida birinchilar qatorida navbatdagi yutuqqa erishdi.
Aksiyadorlik jamiyatining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan oraliq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) olindi.
Mazkur hisobot va auditorlik sharhi (xulosasi) Fitsh Ratings, S & P Global Ratings va Moody’s xalqaro reyting agentliklari, yirik xorijiy banklar City Bank, Mitsubishi UFJ Financial Group, JPMorgan Chase & Co, China Development Bank, Gaprombank, VEB.RF va boshqalar, xalqaro konsalting va yuridik kompaniyalarga ham taqdim etildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning 29 sentyabr va 22 oktyabrida “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida birinchi marta Fitch Ratings va Standard & Poors Global Ratings xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi reytingiga ega bo‘lgan edi.
MHXS asosida tayyorlangan va jahon miqyosidagi “katta to‘rtlik”ka kiruvchi auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lgan moliyaviy hisobot xorijiy yirik investorlar uchun ma'lumot manbayi sanaladi.
Shu jihatdan yevroobligatsiyalarni debyut emissiyasi paytida xalqaro fond birjalarining talablariga muvofiq, o‘z qimmatbaho qog‘ozi (yevroobligatsiya)ni joylashtirishni rejalashtirgan kompaniya birinchi navbatda hisobot sanasidan 120 kundan kechikmagan holda MHXS asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishi va ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi lozim.
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘z navbatida yevroobligatsiyalar chiqarilishida umuman har qanday qimmatbaho qog‘ozlar chiqarilishida zarur bo‘lgan “EMISSIYa PROSPeKTI” nomli hujjatni tayyorlashda ham muhim ma'lumot manba bo‘lib hisoblanadi.
MHXS asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti uchun Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) mavjudligi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro fond bozorlarida o‘z yevroobligatsiyalar emissiya qilishida muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025