O‘zbekiston | 14:53 / 25.10.2021
1029
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatida ayrim maktablarda o‘qituvchilarning maoshlari berilmayotgani aytildi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida maktab o‘qituvchilarining oylik maoshlari berilmayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, Kitob tumani xalq ta'limi bo‘limi tomonidan ayrim o‘qituvchilarning oyligini to‘lash kechikayotgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, O‘ZASBO dasturining ishlashida uzilishlar bo‘lgan. Tizim yangilanishida kamchiliklar ro‘y bergan. Oqibatda ayrim pedagog xodimlarning oylik ish xaqlarini hisoblashda xatoliklar kuzatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ish haqiga oid muammolar bartaraf etilgan va maoshi kechikkan o‘qituvchilarning puli to‘lab berilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid